Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Navoiyning «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb ulug‘- lanishi sababini aytin g. 2



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

1.
Navoiyning «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb ulug‘-
lanishi sababini aytin g.
2.
Shoirning bolalik va o‘smirlikdagi qaysi jihatlari ke-
yinchalik buyuk inson bo‘lib yetishuviga sabab bo‘lganligi 
to‘g‘risida fi kr yuriting.
3. 
Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari, shoir-
ning davlat arbobi sifatida olib borgan faoliyati haqida 
nima deya olasiz?
Savol va topshiriqlar:


173
«SAB’AI SAYYOR» DOSTONI
Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofi rning 
dostonorolig‘i
1
Aziz o‘quvchi! Endi e’tiboringizga «
Х
amsa» ning to‘r-
tinchi dostoni bo‘lmish «Sab’ai sayyor» dan olingan par-
cha 
ni havola qilamiz. Agar «Hayrat ul-abror» da ya
х
lit 
bir voqea hikoya qilinmay, u fi kr-mulohaza, mushohada va 
tahlillardan iborat maqolatlardan, kichik hajmli hikoyat-
lardan tuzilgan bo‘lsa, bu doston keng qamrovli voqealarni 
o‘z ichiga olgan murakkab sujetli yirik epik asardir. Bun-
day asarlarda tasvirlar o‘zgarishi, voqealar almashinu-
vi o‘ziga 
х
os tarzda bo‘ladi. Ya’ni voqealar bir makon-
dan boshqasiga o‘tganda, lavhalarning biri ikkinchisiga 
ko‘chganda zamonaviy epik asarlarda bo‘lganidek bob-
lar, bo‘limlar yoki sarlavhalar bilan ajratilmaydi. Shuning 
uchun mutolaa davomida Sizdan diqqat va sinchkovlik ta-
lab qilinadi. Garchi dostonning o‘zida bo‘lmasa-da, Sizga 
tushu nishni yengillatish uchun voqealar almashinuviga qa-
rab, biz ushbu parchani shartli ravishda olti qismga ajratib 
taqdim etdik. Avvalgi uch qismda har bir bayt ning satrma-
satr ma’nosini bermoqdamiz. Bundan maqsad: Sizda ol-
dingi mashg‘ulotlar orqali baytlarni tushunish va tah 
lil 
qilish ko‘nikmasini shakllantirish. Siz avval baytni diqqat 
bilan o‘qing, keyin uni satrlar ostida bugungi tilda beril-
gan mazmuni bilan misrama-misra solishtiring. E’tibor be-
ring: tushunilishi qiyin so‘zlar ma’nosi chiziq (defi s) yoki 
«ya’ni» so‘zidan keyin kiritildi. Agar bunday so‘zlar bir 
necha marta takrorlansa, ma’nosi izohlanmay o‘z holicha 
qoldirildi. Qavs ichida esa misralarda bevosita bo‘lmasa-
da, bayt mazmunidan kelib chiqib qo‘yib olinishi kerak 
bo‘lgan so‘zlar kiritildi. Agar shu uch qism orqali bayt 
mazmunini chiqarishni pu
х
ta o‘zlashtirib olsangiz, keltiril-
gan parchaning qolgan qismini o‘zingiz mustaqil tushunib, 
tahlil qila olasiz. 
1
D
о
st
о
n
о
r
о
lig‘
– dоstоnchilik, dоstоn aytuvchilik. 


174

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin