II. Sohibjamol Mehr vasfi va uning tasodif bo‘roni tufayli Jobir qo‘lida asira bo‘lganligi bayoni Go‘yiyo andag‘i jazoir aro,
Shahre ermish oti «Bihishtsaro»
1
.
Deydilarki, boshqa bir orollar orasida «Behishtsaro» nomli shahar (bor) edi. Anda shohi saxiyu donishvar
2
,
Qabzai hukmi
3
ichra ul kishvar.
Undagi shoh sa х iyu donishmand bo‘lib, U mamlakat (shu shoh) hukmi ichida, ya’ni qo‘li ostida edi. Oti Navdar va lek o‘zi nodir,
Tab’i har nodir ish aro qodir.
(Shohning) oti Navdar, o‘zi nodir, Tab’i ham har nodir ishga qodir edi. Bor emish go‘yiyo anga bir qiz,
Odami o‘yla ko‘rmagan hargiz.
Uning bir qizi bor emishki, go‘yo Odamizod bunday (go‘zal)ni hargiz ko‘rmagan. Qaddikim naxli sarfaroz
4
kelib,
Husn bog‘ida sarvinoz
5
kelib.
Qaddi tik o‘sgan nihol singari, Husn bog‘ida u sarvinoz edi. Zulfi din sunbul
6
aylabon yuz pech
7
,
Og‘zidin g‘uncha aytmay so‘z hech.
1
Bihishtsar о – jannatmakon.
2
D о nishvar – dоnо, dоnishmand.
3
Qabzai hukmi – qo‘l оstidagi, tasarrufidagi.
4
Sarfar о z – yuksak, o‘sgan.
5
Sarvin о z – sarvqоmat.
6
Sunbul – mayin va uzun tоlali qоra o‘simlik.
7
P е ch – o‘ram, to‘lg‘am.
180
Zulfi ni ko‘rib sunbul (rashkdan) yuz buralib ketadi, Og‘zini ko‘rgach g‘uncha (uyatdan) hech so‘z aytolmay qoladi. Orazi
1
mash’ali jahonafro‘z
2
,