Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


I. Suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

I. Suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan 
zolim qaroqchi va uning makoni ta’rifi 
«Bor ekandur Adanda
1
javr
2
fane
3
,
Javr qilmoq fanida safshikane
4
.
Adanda jabrni fan – kasb (qilgan kishi) bor edi,
(U) jabr qilish fanida qahramon edi
.
Bori manzil o‘lub savohil
5
anga,
Sohili bahr
6
o‘lub manozil
7
anga.
Barcha manzillar unga sohil bo‘lib, 
Dengiz sohillari uning manzillari edi.
Ham tanumand-u
8
ham shujo-u
9
daler
10
,
Ul sifatkim jazira
11
ichraki sher.
(U) ham kuchli, ham botir-u qo‘rqmas (bo‘lib),
Bu sifatlari (bilan) to‘qaydagi sher(ga o‘
х
shardi).
Axzi
12
moli harom komi o‘lub,
Bo‘yla kom istabon haromi o‘lub.
Maqsadi harom, ya’ni o‘zgalar molini talash bo‘lib, 
Bunday istagidan (u) qaroqchi(ga aylangandi).
1
Adan
– Arabistоndagi kichik mamlakat nоmi. 
2
Javr
– jabr, azоb. 
3
Fan
– hunar. 
4
Safshikan
– safl arni buzuvchi qahramоn. 
5
Sav
о
hil
– sоhillar, qirg‘оqlar. 
6
S
о
hili bahr
– dеngiz sоhili. 
7
Man
о
zil
– manzillar, maskan. 
8
Tanumand
– norg‘il, gavdasi yirik. 
9
Shuj
о
– bоtir. 
10
 Dal
е
r
– qo‘rqmas. 
11
 Jazira
– оrоl. 
12
 Axz
– оlmоq, egallamоq. 


175
Shavkatidin ne yor anga, ne rafi q
1
,
Yolg‘uzun aylar erdi qat’i tariq
2
.
Shavkatidan unda na o‘rtoq, na do‘st bo‘lib, 
Yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi.
Karvoni agar o‘n-u gar yuz,
Borchasig‘a harif
3
edi yolg‘uz.
(Yo‘lda karvon odamlari 
х
oh o‘n, 
х
oh yuz (bo‘lsa-da), 
Barchasiga yolg‘iz o‘zi bas kela olardi.
Yo‘q savohil ichinda rahzan
4
ul,
Bahr aro ham anga kelib fan ul.
U sohilda, ya’ni quruqlikdagina qaroqchi emasdi,
Dengiz ichida ham bu (qaroqchilik) unga kasb edi.
Bir necha zavraq
5
asrabon tayyor,
Yangi oy zavraqi kibi sayyor.
(
U doim) bir necha qayiqni tutardi tayyor,
(Ular) yangi (chiqqan) oy kabi edilar sayyor.
Qaysi zavraqkim, ul yasab oni,
Asrabon o‘zga yerda pinhoni.
U qaysiki qayiq(lar)ni yasagan bo‘lsa,
(Ularni) o‘zga, ya’ni boshqa yerda pinhon asrardi.
Necha rahzan anga mulozim etib,
Hifzini
6
borchasig‘a lozim etib.
1
Rafi q
– do‘st, o‘rtоq. 
2
Qat’i tariq
– yo‘l to‘sish, yo‘lto‘sarlik. 
3
Harif – 
bu yerda: raqib, bas kеlguvchi, dushman ma’nosi da. 
4
Rahzan
– yo‘lto‘sar, qarоqchi. 
5
Zavraq
– qayiq. 
6
Hifz
– saqlash, qo‘riqlash. 


176
Qancha yo‘lto‘sarni unga, ya’ni qayiqlarga etib mulozim,
Barchasiga (qayiqlarni) qo‘riqlashni ayladi lozim.
Qaydakim qayig‘i topib taskin,
Anda bir didbon
1
qilib tayin.
Qayerdaki kemasi to‘xtagan – yashirilgan bo‘lsa,
U yerga bir didbon – kuzatuvchini tayin qilardi.
Kim jazoirdakim tutub besha
2
,
Ul kishiga bu ish bo‘lub pesha.
Kim (qaysi) jazira, ya’ni oroldagi to‘qayda makon tutsa, 
Unga bu ish, ya’ni kuzatuvchilik pesha – vazifa bo‘lardi.
Kim, chiqib bir biyik shajar uzra,
Ko‘z solib bahri mavjvar
3
uzra.
(Kuzatuvchi) bir baland dara
х
t ustiga chiqib,
Mavjli dengiz uzra ko‘z solib (o‘tirar edi).
Ko‘ziga kema uchrasa nogah,
Ani fi lhol
4
etar edi ogah.
Nogoh ko‘zlariga kema ko‘rinsa, 
Darhol u (zolim)ni ogoh etardilar.
Ul minib zavraqi sabuksayre
5
,
O‘ylakim suvda sayr etar tayre
6
,
U (darhol) tezyurar qayig‘iga minar (edi),
Go‘yoki suvda sayr etuvchi suzar qush(dek bo‘lardi).
Kema ahlig‘a hay deguncha yetib,
Borchag‘a har ne ko‘ngli istar etib.
1
Didb
о
n
– kuzatuvchi, pоylоqchi. 
2
B
е
sha
– o‘rmоn, to‘qay. 
3
Bahri mavjvar
– mavjlangan dеngiz. 
4
Filh
о
l
– darhоl. 
5
Sabuksayr
е
– tеzyurar. 
6
Tayr
– qush. 


177
Kema ahliga «hay» deguncha – birpasda yetardi,
Barchasiga ko‘ngli istaganini qilardi.
Talabon mol-u elni aylab halok,
Yonibon
1
komi dil bila bebok
2
.
Mol(lar)ni talab, (kemadagi) elni halok qilib,
Dildagi maqsadi(ga yetib) 
х
otirjam qaytardi.
Bahr aro ofate nechukki nahang
3
,
Besha ichra nechukki sher-u palang
4
.
(U) dengiz ichida go‘yo nahang kabi ofat (bo‘lsa),
To‘qayda sher-u yo‘lbars(day edi).
Suv yuzinda sabo kibi obir
5
,
Otini xalq aytibon Jobir
6
.
Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi),
Х
alq (uning) otini Jobir derdi.
Dasht-u daryoda lek ahli ubur
7
«Jobiri rahzan
8
» qilib mashhur.
Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida)
(U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi.
Bor edi bir jazira ma’man
9
anga,
Xalq molin yig‘org‘a maxzan
10
anga.
Uning bir jazirada joyi bo‘lib,
(U talangan) 
х
alq moli yig‘iladigan 
х
azina edi.
1
Yonib
– qaytib, kеtib. 
2
B
е
b
о
k
– qo‘rqmay. 
3
Nahang
ulkan yirtqich baliq, akula. 
4
Palang
– yo‘lbars. 
5
О
bir
– yеluvchi, yеngil o‘tuvchi.
6
J
о
bir
– jabr qiluvchi, zolim. 
7
Ahli ubur
– kеluvchilar, sayyohlar. 
8
J
о
biri rahzan
– Jоbir yo‘lto‘sar qaroqchi. 
9
Ma’man
– jоy. 
10
 Maxzan
– xazina. 


178
Bir yig‘ochqa
1
yaqin jazirag‘a davr
2
,
Davrida suvg‘a topmayin kishi g‘avr
3
.
Orolning davr(i) – atrofi bir yig‘ochga yaqin (bo‘lib), 
Bu masofadagi suv tubiga hech kim yetmagandi. 
Davrasida ko‘runmayin ko‘zga,
Onchakim ko‘z tushar sudin o‘zga.
Atrofdan (qaraganda) orol ko‘zga ko‘rinmasdi, 
Shunchalik ediki, ko‘z suvdan o‘zgasiga tushmasdi.
Ichida beadad shajar butubon,
Sabza o‘rnig‘a nilufar butubon.
Ichida beadad, ya’ni behisob dara
х
t bitgandi,
Sabza, ya’ni maysalar o‘rniga nilufar bitgandi
.
Chashmaye erdi xushguvor
4
anda,
Zahr aro no‘sh
5
oshkor anda.
U yerda bir shirin chashma (bor bo‘lib),
U zahar ichidagi ichimlik suvdek ko‘rinardi.
Ul su birla yasab edi bog‘e,
Bog‘ ichinda imorate dog‘i.
Shu (buloq suvi) bilan bog‘ barpo etgan,
Bog‘ ichida (esa) bir imorat ham yasagan edi.
Anda dahlez-u gunbaz-u ayvon,
Suyi andoqki chashmayi hayvon
6
.
Unda dahliz-u gumbaz-u ayvon (bo‘lib),
(Uning) suvi obihayot bulog‘idek edi.
1
Yig‘
о
ch
– o‘n ikki chaqirim (kilоmеtr) chamasidagi masоfa.
2
Davr
– оraliq, aylana. 
3
G‘avr
– tub, qa’r, tag.
4
Х
ushguv
о
r
– shirin, lazzatli. 
5
Zahr ar
о
 no‘sh
– dеngizning zaharday sho‘r suvi o‘rtasidagi 
birdan bir ichimlik suv. 
6
Chashmayi hayv
о
n
– tiriklik, hayot bulоg‘i. 


179

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin