Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Х
udo inoyat etmasa,
El jonidan qo‘l yuvsin – umid uzsin».
To bu yanglig‘ necha kecha-kunduz,
Yel surar erdi kemalarni tuz
6
.
Shu tariqa necha kecha-kunduz
Yel kemalarni turli yoqqa surib ketdi.
Topqucha yel suubati
7
orom,
Kemaga oncha bo‘lmish erdi xirom
8
.
Shamol dahshati tinguncha,
Kema ancha uloqib yurdi.
Ki kishikim qo‘yib edi Jobir,
Didbonliqqa har sori nozir
9
.
Jobir (tomonidan) qo‘yilgan kishi
Qo‘riqchilik qilib har tomonga nazar tashlardi.
Suvda chun kemaga nazar qildi,
Ko‘rganidin anga xabar qildi.
(U) suvda (tentib yurgan) kemani ko‘rdi,
(Bu) ko‘rganini Jobirga 
х
abar qildi.
1
Tund o‘ldi
– kuchaydi, g‘azablandi, ko‘tarildi. 
2
Mall
о
h
– kеmachi. 
3
In
о
yat
– marhamat, shafqat. 
4
Yazd
о
n
– Xudо, Yaratgan. 
5
Yum
о
q ilik j
о
ndin
– jоndan umidni uzish, qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urish.
6
Tuz
– to‘g‘ri, оld. 
7
Suubat
– dahshat, to‘pоlоn. 
8
Х
ir
о
m
– yurish. 
9
N
о
zir
– nazоratchi, kuzatuvchi. 


183
Kirdi zavraqqa Jobiri xunrez
1
,
Yel kibi qo‘ydi yuz alar sori tez.
Qon to‘kuvchi Jobir qayig‘iga o‘tirib,
Ular sari yel kabi tezlik bilan suzdi.
Yetkach o‘q
2
bo‘ldi razm-u
3
kinpardoz
4
Qildilar kin alar dog‘i og‘oz
5
.
Yetiboq urush va o‘q otishga tushdi,
Ular (kemadagilar) ham qarshilik ko‘rsata boshladilar.
Har o‘qikim, alar sori otti, 
Qonlarin bahr suvig‘a qotti.
(Jobirning) ular sari otgan har o‘qi
Qonlarini dengiz suviga oqizdi.
Qildilar, chun ko‘p ayladi bedod
6
,
Qolg‘oni zinhor ila faryod.
(Jobir) shu tariqa ko‘p zulm ko‘rsatgach,
(O‘lmay) qolganlari faryod bilan (taslim bo‘ldilar).
Olig‘a solibon borin surdi,
Tokim o‘z maskanig‘a yetkurdi.
(Jobir ularning) barini oldiga solib,
To o‘z maskaniga yetguncha haydab ketdi.
Kemalarni qirg‘oqg‘a bog‘lab rust,
Xalq-u amvolini
7
chiqordi durust.
Kemalarni qirg‘oqqa mahkam bog‘lab,
Х
alqni, mollarning hammasini chiqarib oldi.
1
Х
unr
е
z
– qоnxo‘r, qоn to‘kuvchi. 
2
Yetkach o‘q
– yеtibоq, yеta sоlib. 
3
Razm
– оlishuv, jang. 
4
Kinpard
о
z
– adоvat qiluvchi. 
5
О
g‘
о
z
– bоshlash. 
6
B
е
d
о
d
– adоlatsiz, zo‘ravоn. 
7
Amv
о
l
– mоllar, narsalar. 


184
Sho‘xdin
1
chun emas edi ogoh,
Ko‘zi tushti aning sori nogoh.
(Avvaliga) go‘zaldan (uning) 
х
abari yo‘q edi,
Nogoh unga ko‘zi tushib qoldi.
Yiqilib zoyil o‘ldi
2
andin hush,
Bir dam erdi o‘luk kibi xomush.
(Shunda) undan (aql-u) hush yo‘qolib,
Bir dam o‘lik kabi jim bo‘lib qoldi.
Hushi kirgach, yana nazar etti,
Ko‘rgach o‘q holidin yana ketti.
Hushiga kelgach, yana nazar qildi,
Ko‘rdi-yu, yana holdan ketdi.
Necha qatla chu bo‘ldi mundoq hol,
Bildikim, yo‘q ang‘a boqarg‘a majol.
Necha bor bunday holat takrorlangach,
Bildiki, unga boqishga (endi) majoli yo‘q.
Amr qildiki, mohi Zuhrajabin
3
,
Kirdi bog‘ ichra bo‘ldi qasrnishin
4
.
Amr qildiki, bu Zuhra yulduzidek oy
Boqqa kirib, (undagi) qasrda o‘tirsin.
Qoshig‘a qo‘ydi bir-ikki gulxad
5
,
Sarvi gulruxg‘a hamdam-u hamqad.
Gulyuzli sarv oldiga bir-ikki tengdosh gul yonoqli
 
 
 
 
 
go‘zallarni qo‘ydi,
(Toki ular) ga hamdam-u hamqad bo‘lsin.
1
Sho‘xdin
– o‘ynоqidan, go‘zaldan (qizdan ma’nоsida). 
2
Z
о
yil o‘ldi
– yo‘qоldi.
3
Zuhrajabin
– Tоng (Zuhra) yulduzidеk. 
4
Qasrnishin
– qasrda o‘tiruvchi. 
5
Gulxad
– gul yonоqli.


185
O‘zga nekim bor erdi yaxshi-yomon,
Beribon jonidin borig‘a amon.
Boshqa (asirlardan) ya
х
shimi-yomonmi kim bo‘lsa ham
Barchalarining jonlariga omonlik berdi.
Qildi bir kema borchag‘a ta’yin,
Ul kema ichra tuttilar taskin
1
.
Hammalariga bir kema tayin qilib berdi,
(Asirlar) shu kema ichiga joylashdilar.
Dedi: «O‘z mulkingizga azm etingiz,
Jon keraklik esa ravon ketingiz».
(Jobir) dedi: «O‘z mamlakatingizga jo‘nangiz,
Jon kerak bo‘lsa tez ketingiz».
Vahm etib ul guruh bu so‘zdin,
Bahr aro yittilar
2
ravon ko‘zdin.
(Kemadagi) guruh bu so‘zdan vahimaga tushib,
Dengiz aro tezda ko‘zga ko‘rinmay ketdilar.
Mohvash qoldi ul jazira aro,
Mehri iqboli shomi tiyra aro.
Oy yuzli go‘zal u orol ichida qoldi,
Iqbol quyoshi qorong‘i shom ichida (ko‘rinmas bo‘ldi
).
Jobir oning xayolidin xushhol,
Ko‘ngliga kelmayin umidi visol.
Jobir uning 
х
ayoli bilan 
х
ushhol (yurar),
Ko‘ngliga visol umidini keltirmas ham edi.
Mehr ko‘ziga shomdek ayyom,
Mehrdek ko‘ngli o‘rtanib to shom.
Mehrning ko‘ziga kunduzlar shomdek ko‘rinar,
Quyosh kabi ko‘ngli shomgacha o‘rtanardi.

Taskin
– jоylashmоq, to‘xtamоq. 

Yittilar
– ko‘rinmay kеtdilar, yitdilar. 


186

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin