189
Ashkidin go‘yiyo berur edi suv,
Oh o‘tidin qururg‘ayib
1
qayg‘u.
Ashki, ya’ni ko‘zyoshi bilan go‘yo (gullarni) sug‘orardi,
Oh o‘ti bilan qayg‘usini quritardi.
Yo‘qki hijron g‘amida
zor-u zalil
2
,
Nilufar ichra oqizib edi Nil.
Yo‘q, (uni) ayriliq g‘amida zor-u
х
or (bo‘ldi demang),
Nilufar(zor) ichida (ko‘zidan) Nil (daryosini) oqizardi
.
Topibon ashki nilufarda mamar
3
,
Yo‘q, ajab bahr ichinda nilufar.
Ashki nilufar(zor)da suv yo‘li – o‘zan topib,
Nilufar(ning) dengiz – suv ichidaligi ajablanarli emas.
Ko‘ngli gar nilufarg‘a rog‘ib
4
edi,
Mehr ila nilufar munosib edi.
Ko‘ngli agar nilufarlarga moyil bo‘lsa, (buning sababi)
Mehr bilan nilufar (bir-biriga) munosib edi(lar).
Nilufar sori ko‘p
qilib ohang,
Kiymakin ham qilib edi ul rang.
Nilufar(gul)ga juda ham bog‘lanib qolganidan
Kiyimlarini (ham) shu (nilufar) rangda qilib olgandi
.
Nilufargun
libos birla sanam,
Tutubon yor hajrida motam.
(Bu) sanam nilufarrang libosi bilan
Yori hajrida motam tutardi.
1
Qururg‘ayib
– qurib.
2
Zalil
– xоr, tuban.
3
Mamar
– o‘tish jоyi, yo‘l.
4
R
о
g‘ib
– mоyil.
190
Motamin zohir aylamakka mafar
1
,
Rang aro so‘gvor nilufar.
(Aslida o‘z) motamini zohir qilish – ko‘rsatish maqsadida
Qayg‘uli nilufar (shu) rangda (bo‘ladi).
Mehrni charx etib asiri fi roq,
Aylar erdi Suhayl otosi yaroq
2
.
Char
х
– dunyo Mehrni ayriliq asiri etganida,
Suhaylning otasi (to‘y) yarog‘ini – taraddudini ko‘rardi.
Aqd bazmini
3
qilg‘ali obod,
Go‘yiyo
bu mahal edi miod
4
.
Nikoh to‘yini qilgani, ya’ni o‘tkazish uchun
Bu vaqtga kelishilgan edi.
Yuklabon necha jung
5
aro amvol,
Anda mavjud har ne qilsa xayol.
(Bir) necha kemaga (bebaho) mollarni yuklatdi,
Unda nimaniki
х
ayol qilish mumkin bo‘lsa bor edi.
Yer
tutub bir hilol ichinda Suhayl,
Mehr aqdig‘a aylamish edi mayl.
Dostları ilə paylaş: