150
Bo‘z tuproqqa qotsam
1
deb,
Qoraxonday podshoni
Yerman yakson etsam deb,
Yuragin qon etsam deb,
Bek
Ravshanning ustida
Katta to‘fon etsam deb.
Qulon
2
yurmas yerlardan
Quvib o‘tib boradi.
Bulon
3
o‘tmas yerlardan
Burib o‘tib boradi.
Qarsoq
4
yurmas yerlardan
Qalqib o‘tib boradi.
Bo‘ri yurmas yerlardan
Bo‘zlab ketib boradi.
Polvon
Hasan dovushin
Sozlab ketib boradi.
Bek Ravshanni tinmasdan
Izlab ketib boradi...
Yo‘lbars yurmas yo‘llardan
Yo‘rtib o‘tib boradi.
Bek Ravshanning alamin
Tortib o‘tib boradi...
Hasan mard yo‘lni qichab ola bersin, Shirvonga yaqin
kela bersin, shu so‘z shu yerda qola bersin. Endi Ravshan-
xonning enasidan... eshiting. Ravshan Shirvon elida o‘g‘il
tutingan kampir ning avval olti o‘g‘li bor edi,
oltovi ajda-
hor edi... Har biridan Qoraxon podsho qo‘rqar edi, oltovi
olti yerda qal’a-qo‘rg‘on qilib turar edi. Olti o‘g‘li o‘lib
ketdi. Kampir bolalarining o‘tiga kuyib-yonib, o‘rtanib,
1
Q
о
tm
о
q
– qоrishtirmоq.
2
Qul
о
n
– yovvоyi eshak.
3
Bul
о
n
– kiyik.
4
Qars
о
q
– tulkidan kichikrоq yirtqich.
151
tutanib, jizig‘i
1
chiqib qolgan edi. Ravshanbekni o‘g‘lim
deb, o‘lsam merosxo‘rim deb qo‘ygan edi. Bu ham pod-
shoga bandi bo‘lib, kampirning avvalgi alamlaridan shunisi
o‘tdi...
Ana shu kampirning katta o‘g‘lining bir nonxo‘r pol-
voni bor edi, o‘zi juda zo‘r edi, urush-surish bo‘lsa, mingga
barobar edi. U polvonning otini Aynoq kal der edi. Lekin
o‘zlari to‘rt og‘a-ini edi, to‘rtovi ham kal edi, bari ham bo-
hunar
2
edi.
Kattasi Aynoq kal zo‘r edi. Aynoq kal shunday edi: ot,
tuya, arava ko‘tarolmas edi. Doim bir yoqqa ko‘chmoqchi
bo‘lsa, piyo da ketar edi... Ukalarining otlarini Jaynoq
kal,
Ersa k kal, Tersak kal deb yuritishar edi. Jaynoq juda
masxara boz edi, har tusli bo‘la berar edi. Agar birovni al-
damoqchi bo‘lsa, har tusli bo‘lganda o‘zining jo‘ralari ham
tanimas edi. Ersak kal shunday edi: oqshomlari qo‘liga ka-
monni olsa, qushni ko‘zidan urar edi. Juda mergan edi...
Tersak kal sinchi edi: Yilqining tulporini suyagidan tanir
edi, qilichning o‘tkirini qinidan bilar edi.
Kampir yig‘lab-emranib Aynoq kalga bordi. Aytdi:
«Aynoqjon! Mening qarigan vaqtimda Xudo menga tag‘i
bir g‘amni soldi, u bolalarimning g‘amidan ziyodaroq
bo‘ldi. Sen ilgari, o‘g‘limning borida, davlatimning ko‘pida
mening osh-nonimni ko‘p yeding. Endi mening ishim sen-
ga tushib qoldi. Shu Ravshanbek bolamni ayirib olaman
desang, sening qo‘lingdan keladi».
Aynoq... aytdi: «Ho‘, ena!.. Aslo g‘am yema! Shu
o‘g‘illa ringning menda haqi ko‘p.
Sening tuzingni men
ko‘p yeganman... Katta o‘g‘ling meni ko‘p parvarish qilar
edi. Endi shuning arvohi uchun ertaga maydonga kiraman...
Ravshanni ayirib olaman...»
Shunday qilib, kallar maslahatni bitirib, shahardan
xabardor bo‘lib, borib-kelib yura berdi.
1
Dostları ilə paylaş: