Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

Taniysanmi shu jajji qizni?
Falakmi kajraftor
1
, turmishmi bemaza, harholda Anvar-
lar ning toleyi yana pastlik qildi. Bir kun Anorbibi biravni-
kida yumish qila turib to‘sindan og‘rib qoldi, bir soatning 
ichida tilidan ham ayrildi. Zanbilga solib o‘z uyiga keltirib 
tashladilar. Bolalarning fi g‘oni falakka chiqdi. Kuyavi 
tabibga yugurdi. Natijada yurak falajiga yo‘liqqani ma’lum 
bo‘lib, shu kun kechasi hatto uch go‘dagi to‘g‘risida bir 
og‘iz vasiyat qilolmay vafot etdi. Mozorg‘a eltdilar. To-
but oldida ikki og‘asi bilan olti yoshliq Anvar ham yig‘lab 
bordi. 
O‘n bir yoshliq Temur, to‘qquz yoshliq Qobil va Anvar-
larni tarbiya qilish og‘irlig‘i Nodiraning ustiga tushdi. Mar-
huma onasi ning yodgorlari bo‘lg‘an bu uch bolani begona-
lar qo‘lida xor qilib qo‘yishni Nodira istamasa ham, erining 
faqirlig‘i bunga mone’ edi. Taziya kunlari o‘tkandan keyin 
o‘g‘ulliqqa deb so‘rag‘anlarg‘a ikki bolani berib yubordi va 
Anvarni o‘zi bilan olib, onasining qaqir-ququrlarini bir ara-
vaga ortib eri ning uyiga keldi.
Nodira onasi o‘rnig‘a Anvarning boshini siladi, yuvib-
ta radi va Anvarning istiqboli uchun qayg‘urdi. Otasi va 
1
Kajraftor
– egri yuruvchi.


256
erining kasblariga yaxshi baho bermagani uchun Anvarni 
boshqa kishi qilmoq fi kriga tushti. Uni o‘qutmoqchi, hatto 
madrasalarga yubormoqchi va shu yo‘sun mullaliq dara-
jasiga yetkuzib, otasining uyiga charog‘chi qilmoqchi edi. 
Anvarni o‘zlari turg‘an mahalladan bir guzar nari bo‘lg‘an 
Solih maxdumning maktabiga berdi. Anvar «taxta»dan 
o‘qush boshladi, zehnining tiniqlig‘idan bo‘lsa kerak, o‘n 
bir yoshida savodi chiqayozdi. Biroq o‘qishda qancha baxt-
li bo‘lsa, peshanada o‘shancha baxtsiz edi. Shundog‘ki, 
Nodira ikki bolaliq bo‘lg‘an edi. Eri: «Ukangga yedirib-
kiydiraymi yoki o‘z bolalaringnimi? Ukangni kishiga sho-
gird berib yubor», – deb Nodirani qistashga turdi. Bechora 
Nodira og‘ir holda Anvarni kishiga shogird berib, o‘qushini 
zoye’ qilishg‘a ko‘zi qiymaydir, eriga muqobala
1
uchun 
hech bir mantiq topolmaydir. Chunki eri ning holi o‘ziga 
ma’lum. Shu yo‘sun yana bir yil o‘tib, Anvar to‘g‘risida 
eri bilan achchig‘-tiziq bo‘lg‘an bir kun paranjisini yopinib 
ko‘chaga chiqdi va to‘g‘ri Solih maxdumning uyiga bordi. 
Shu vaqtlarda Solih maxdumning onasi Marg‘ilong‘a ket-
magan edi. 
Nodira Mohlar oyimg‘a yig‘lab hasrat qildi. Hamma 
sarguzashtlarini birma-bir so‘zladi. Shu bola uchun eridan 
chekkan izolarini chizib:
– Ulug‘ dargohlaringizga shu yatim bolaning umri zoye’ 
bo‘lmasmikin, o‘qushi juvanmarg qilinmasmikin, deb kel-
dim. Bir parcha nonlaringizni ayamay, yatim boshini sila-
salaringiz, deb keldim, – dedi.
«Qush tilini qush biladir» deganlaridek, Nodiraning 
sami miy arzi bandachiligi Mohlar oyim bilan Nigor kelin-
ning yuraklarini ezdi va shu onda Mohlar oyim maktab-
xonadagi bolalar ichidan Anvarni chaqirtirib oldi. Anvar 
ke lishkan, do‘ndiq bola edi. 
1
Muqobala
– qarshi.


257
– Domlasi maxtaydirg‘an o‘zimning zehnlik bolam- 
ku, – dedi Mohlar oyim Anvarni ko‘rish bilan va Nodiraga 
taskin berdi.
– Xub, qizim, xub, pochchasi boqmasa boqmasin, men 
o‘zim boqaman, o‘qutib katta mulla qilaman.
Anvar pochchasining keyingi kunlardagi dag‘al muoma-
lalari sababini o‘ylab, xafalanib yurar edi. Mohlar oyim ning 
haligi so‘zi bilan masalaga tushundi va yatimona boshini 
quyi soldi. Bu holdan opasi ta’sirlanib, ko‘ziga yosh oldi.
– Yig‘lamang, juvon, – dedi Mohlar oyim, – yo‘qliq 
qur sin – yo‘qliq. Pochchasi kambag‘al bo‘lsa, unda ham 
gunoh yo‘q, hamma gap taqdiri azaldan. Yaxshi: bu kun-
danoq bola siznikiga bormaydir, o‘z yonimda o‘g‘lim 
bo‘lib yotadir. Otin g nima, katta yigit?
– Anvar...
– Oh, oting ham o‘zingga o‘xshash chiroylik ekan... 
Manovi do‘ndiq qizni taniysanmi?
Shu o‘rtada o‘ynab yurg‘an olti yoshlar chamaliq Ra’no 
yugurib kelib, Mohlar oyimning bag‘rig‘a kirdi. Anvar 
o‘zidan ham do‘ndiqroq Ra’noga qarab kuldi:
– Ra’noxon, – dedi.
Mohlar oyim Ra’noni bag‘ridan chiqarib buyurdi:
– Bor, Anvar akangga salom qil!
Ra’no kelinlarcha Anvarga salom qildi va jazb qilin-
g‘an dek Anvarning yaqinig‘a borib to‘xtadi.
– Ko‘rish, Anvar! – dedi oyim.
Anvar Ra’noni bag‘riga olib quchoqladi. Shu holda 
Mohlar oyim kulimsidi.
– Agar o‘lmasam, shu do‘ndiq qizimni berib, Anvarni 
o‘zimga kuyav qilaman.
Anvar uyalib bag‘ridagini bo‘shatib yubordi. Xotinlar 
kulishdilar. Shu yo‘sun Nodira Mohlar oyimdan juda xur-
sand bo‘lg‘ani holda uyiga qaytib ketdi.
O‘z uyida bir nonxo‘r ortishi maxdumga, albatta, yoq-
mas edi. Biroq onasining ra’yini qaytarishdan ham ojiz edi. 
9 – Adabiyot, 7-sinf.


258
Shundoq ham bo‘lsa, «tomog‘i-ku, yengil, kiyimi og‘irroq. 
Kiyi mini opasining ustiga qo‘ymabsiz-da», – dedi. Moh-
lar oyim: «Kiyimi bir gap bo‘lar. Kishilar masjid, madra-
sa solg‘anda, biz bir yatim boqsaq, arzimaydimi? Senga 
og‘irliq qilsa, o‘z bisotimdan kiyintirarman, bolam», – dedi.
Anvar o‘n ikki yoshida uchunchi oilani ko‘rdi. Lekin 
bu oxirg‘isi Anvar uchun har jihatdan ham qulay bo‘ldi: 
o‘qushini davom etdirar, qorni panjshanbalik nonlar bilan 
to‘q, ust-boshi yamoq bo‘lsa ham, yalang‘och emas edi. Bu 
uchunchi oilaga ko‘chishda Anvarni eng xursand qilg‘an 
narsa maktabdagi bolalarning ozor berishlaridan qutulishi 
va domlaning asrandi o‘g‘li maqomini olishi bo‘ldi. Bola-
lar uni ehtirom qilmasalar ham, unga burung‘icha yomon 
muomala qilishdan hayiqib qoldilar. Anvarga bu uyda or-
tiqcha yumush ham yo‘q, chunki har qancha uy xizmatlari 
maktab bolalaridan ortmas, o‘qushdan bo‘shag‘an vaqtini 
Ra’noni o‘ynatib kechirar edi. 
O‘n uch yoshida maktab pro‘g‘rammasini bitirib, yosh 
bo‘lsa ham xalfalik, ya’ni domlag‘a ko‘makchilik qila 
boshladi. Va har kun bolalar ozod bo‘lg‘andan keyin max-
dum unga qofi yadan
1
dars berar va «Guliston»i Sa’diydan 
bir necha band o‘qutib, ma’nosi bilan yodlatar edi.
O‘n besh yoshida maktabni yolg‘iz o‘zi idora qilish da-
rajasiga yetkanidek, yaxshig‘ina forsiyxon va bir daraja 
arab tiliga oshno bo‘ldi. Maxdum mundan bir necha vaqt 
ilgarilar Anvarni madrasaga uzatish to‘g‘risida so‘zlanib 
yursa ham, hozir bu gapni og‘zig‘a olmay qo‘ydi. Chunki 
maktab ishida yalqovlanib Anvarga suyanib qoldi va mad-
rasa masalasini unut dirish maqsadida arab, fors nahvsarfi -
dan
2
o‘zi dars be rishka tirishdi.
Maxdum Anvarga shu jihat bilan inoq edi. Ammo Moh-
lar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy 
bo‘lib, ul Anvarga o‘z bolasidek mehribon va har vaqt: 
1
Qofiya
– arab tili grammatikasi. Aslida «Kifoyat». 
2
Nahv
– sintaksis, 
sarf
– morfologiya. 


259
«Ko‘nglingni buzma, Anvar yigit, ko‘rasanmi shu jajji qiz-
ni? Albatta, senga berdiraman!» – der edi. Lekin Mohlar 
oyim va’dasiga yetalmadi. Maxdumdan arazlab Marg‘ilon 
ketishka majbur bo‘ldi. Biroq ketar chog‘ida ham Anvarni 
unutmadi. Nigor kelinni o‘z yonig‘a chaqirib: «Kuyavlik 
uchun Anvardan yaxshiroq yigitni topolmassiz, Ra’nog‘a 
Xudoyim umr berib bo‘yi yetsa, albatta, Anvarga berdir-
gin», – dedi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin