Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Ikkinchi savol-javobda kafan va odamni yutadigan qora  yer sirasida nima uchun kapalak haqida so‘ralayotganligini  izohlang. 3



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

2.
Ikkinchi savol-javobda kafan va odamni yutadigan qora 
yer sirasida nima uchun kapalak haqida so‘ralayotganligini 
izohlang.
3. 
Shoirlar nima uchun ko‘ngilni darvozasiz qal’aga, qabrni 
derazasiz binoga o‘xshatib, oy va kunni bir-biridan a’lo 
deb biladilar?
4.
Odam yemasa-da, to‘yadigan diydorga hayotdan, badiiy 
asar yoki boshqa san’at asarlaridan misol ayting. Nima 
uchun namoz qiyomatga qo‘yiladi? Nasimiy taqdirining 
diydor va namoz tushunchalariga aloqasini aniqlang.
5.
 Cho‘pon, qo‘zi, bedov ot
to‘g‘risidagi tushunchalarning 
turkman xalqi hayot tarziga nechog‘liq aloqadorligi bora-
sida mulohaza yuriting.
6.
Nima uchun eranlar (Ollohning do‘sti bo‘lmish avliyo zot-
lar) xor-zor bo‘lib surinmaydilar? Yolg‘on gurung hech 
bir to‘nga burkanmasligini hayotiy misollar bilan asoslang.
1
Eranlar
– Ollohning do‘stlari bo‘lgan avliyo zotlar.
Savol va topshiriqlar:



250
So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: garchi men turli 
bo‘hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg‘on 
bo‘lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlar-
ning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni 
bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsa-
di bo‘lmag‘on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim 
tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o‘lim 
bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir. 
Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman.
1926-yil 15-iyun, Samarqand
(Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan).
omus, insof va haqgo‘ylik Abdulla Qodiriy 
hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om 
qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona 
mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun 
Qodiriy ning qalami dan asrlar mobaynida eskir-
maydigan asarlar dunyoga keldi. 1894-yilning 
10-aprelida Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida 
dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va 
madrasalarida muntazam o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da, 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin