272
– Havodismi? Qani so‘zlang-chi, mulla Kalonshoh.
Kalonshoh so‘zlay bering,
degandek Shahodat mufti-
ning o‘ziga ishorat qildi. Shahodat mufti ko‘zini yuminqi-
rab, havodisdan
1
sahifa ochdi:
– Havodis shulki, Anvar borasig‘a sizning olg‘an
nishoni n giz jiddan to‘g‘ri tushib, biz kutkandan ham
ziyod roq
samaraga erishkan, ya’ni mag‘rur go‘dagimiz
qizni olib qochqan...
Mulla Abdurahmon hakimona iljaydi, Shahodat mufti
davom etdi:
– Chamasi, nisfi shab-yarim kecha asnosi, do‘stim,
deb yonid a qiz, Sultonalining uyiga kelgan. Sultonali tong
otquncha ikki go‘dakning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘la-
tib chiqqan, erta
bilan ular uyquda yotqanda, Sulton ali
o‘rdag‘a yugurib kelgan; voqi’ani tunqotar
2
хong‘a yo‘liqib,
хonning buyrug‘i bilan yonlarig‘a yasovullar olib kelsa-
lar, oshiq-ma’shuq yo‘q, ular joyida Sultonaliga atalg‘an
bir sabnoma
3
bor... Chamasi,
Sultonali ablahlik qilib, An-
varni bad oldirib qo‘yg‘an va tong vaqti, ular uyquda ekan
choqda g‘oyib bo‘lib, yana shubhani ortdirg‘an bo‘lsa ke-
rak. Sultonali Anvar bilan qizni tutib beralmasa ham, ba-
harhol хong‘a yaхshi ko‘rinib, Anvarning o‘rnini olishqa
muvaff aq bo‘ldi. Barcha havodis mana shundan iborat.
Abdurahmon hikoyani eshitkandan keyin,
bir necha
vaqt so‘zsiz o‘lturdi. Tanchadagi olovni tuzatar ekan, yer
ostidan muftilarga qarab iljaydi.
– Mirzo Boisdan ham shu maolni
4
eshitkan edim, – dedi
ni hoyat. – Janoblarning fi krlari balki to‘g‘ridir, ammo men
bu maol dan biroz shubha qilaman...
– Ya’ni, masalan?
Abdurahmon qo‘lini o‘ynab, yana biroz sukutda o‘l-
turdi, so‘ngra labi ohista-ohista ochilib yumila boshladi:
1
Hav
о
dis
– hоdisalar, vоqеalar.
2
Tunqotar
– tungi soqchi.
3
Sabn
о
ma
– so‘kib, tahqir qilib yozilg‘an xat (
mual.
).
4
Ma
о
l
– mazmun, ma’nо.
273
– Bu hammasi Sultonali bilan Anvarning o‘yunidir, deb
o‘ylayman... Bu andishamga bir necha sabablar ham bor.
Janoblardan maхfi y emasdirkim, biz o‘zaro
qanday yaqin
bo‘lsaq, Sultonali bilan Anvar ham o‘zaro shunday qalin
do‘st edilar. Binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini
cho‘qur ekanmi?» degan savol keladir; janoblari shu borani
qanday tushundilar ekan.
Shahodat mufti Kalonshohka qarab qo‘ydi, Kalonshoh
parvosizroq ko‘rinar edi. Orada
yana bir necha vaqt sukut
hukm surdi.
– Sultonali sarmunshiy bo‘lish uchun do‘stidan kechsa
ham mumkin, – dedi mufti. – Ikkinchi tarafdan, sizning fi k -
ri ngiz ham ehtimoldan ba’id
1
emas.
– Sultonali do‘stidan kechmay turib ham bu nayrang-
ni qilsa mumkin emasmi, domla? –
deb kuldi Abdurah-
mon. – Masalan, хon olmoqchi bo‘lg‘an qizni qochirg‘uchi
Anvar ikki boshdan-ku, qaytib sarmunshiy bo‘lolmaydir,
boshqa tarafdan, хiyonatkor do‘sti bo‘lib tanilg‘an Sulton-
alining ham hayoti tahlika ostida turadir... Bas, shu hol-
da bu nayrang to‘qilg‘an bo‘lsa, yana to‘g‘risi, shu hiylani
Sultonalining amniyati
2
talab qilg‘an bo‘lsa, siz bilan men
g‘ayraz
3
qanday mantiqqa suyana olamiz?
Shahodat mufti o‘rnidan turdi, Abdurahmonning yoni-
g‘a kelib, orqasini qoqdi:
– Rahmat, o‘g‘lim, rahmat.
Seni tuqqan onangga va
o‘qutqan ustozingga rahmat.
Abdurahmon yerga qarag‘an holda iljaydi. Shahodat
mufti unin g aqlig‘a tahsin o‘quy-o‘quy, nos chakib o‘z
joyig‘a o‘lturdi.
– Mulla Kalonshoh-a, shu gap bizning aqlimizg‘a aslo
kelmabti-da?
1
Dostları ilə paylaş: