Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

 Ba’id
– uzоq. 
2
 Amniyat
tinchlik, daxlsizlik.
3
 G‘ayraz
– bоshqa. 


274
Shahodat muftining хursandligiga qo‘shulmay, tund 
o‘lturg‘uchi Kalonshoh, parvosiz qo‘lini olovg‘a isitdi.
– Men shu andishani ham qilg‘an edim, – dedi birozdan 
keyin Kalonshoh, – lekin aqlim bovar
1
qilmag‘an edi va 
hozir ham bu fi krga qo‘shila olmayman.
– Sabab?
– Bois shulki, Sultonali Anvarga suiqasd qilmag‘anda 
ham unga hech gap yo‘q edi. Ammo ul хong‘a qarobat
2
ho-
sil qi lish uchun aztahi dil
3
Anvarning qasdig‘a tushkankim, 
bunda shubha yo‘q.
O‘zgalar tarafi dan so‘zlangan fi kr yoki bahs har qan-
cha man tiqiy bo‘lg‘anda ham Kalonshohning qarshi chiqish 
fe’li bor edi. Uning bu fe’liga yaхshi tushunib qolg‘an Sha-
hodat mufti bosh chayqadi.
– Biz yanglishamiz.
Kalonshoh yana yuqoridag‘i so‘zini takrorladi:
– Bachi ma’ni
4
yanglishamiz? Mulla Abdurahmonning 
o‘zi ham o‘ylab ko‘rsin, basharti Sultonali do‘stliq yuzasi-
dan Anvarni qochirib yuborg‘anda ham unga hech bir zarar 
yo‘q edi. Bas, Sultonalining hamma harakati to‘g‘ri, An-
varga хiyonat qilishi mansab umidida ekanligi shubhasiz.
Orada o‘z fi kriga qarshi shuncha raddiya o‘tsa ham 
parvosiz, go‘yo muroqabada
5
o‘lturg‘uchi mulla Abdurah-
mon yana iljayib bosh ko‘tardi.
– Sultonalining Anvar bilan ati-qatilig‘i o‘rdada har 
kimga ma’lum-ku, domla. Basharti o‘z uyida turg‘an 
Anvar ning хiyonati to‘g‘risida o‘zini tag‘ofulg‘a
6
sol-
sa, mardumning ko‘ngliga nima gap kelar edi, ayniqsa, 
janob
laringiz qanday andishaga tushar edingiz... Ojizning 
fi k rimcha, ul nayrangbozlar bir o‘q bilan necha qushni 
1
Bovar
– ishonch, ishonmoq. 
2
Qar
о
bat
– yaqinlik. 
3
Aztahi dil
– astoydil. 
4
Bachi ma’ni
– nega, nima uchun? 
5
Mur
о
qaba
– mushоhada qilish. 
6
Tag‘ofulg‘a
– bilmasga. 


275
urg‘anlar, masalan, janobga Sultonalining sadoqati zohir 
bo‘ldi, sarmunshiylik vazifasiga beozor o‘lturib oldi va 
uchunchidan, mardum ko‘zini bo‘yadi.
– Baharhol... baharhol Anvarga qarshi chiqmag‘anda 
ham Sultonalini na хon va na biz ayblay olar edik.
– Хo‘sh?
– Хo‘sh-po‘shi yo‘q, – dedi qizishib qolg‘an Kalon-
shoh, – biravning ustiga qo‘yish uchun, shar’an shohid-
lar lozim, da’voni isbot qilish kerak... Хaх-хaх-хaх, sen 
falonchi gunohkor bilan do‘st eding, deb kishini ayblash. 
Masalan, ushbu da’voni qilg‘uchi o‘zingiz ham ularning 
maslahati ustida bo‘lmag‘ansiz; faqat shundaymikin, de-
gan mulohazada so‘zlaysiz, holbuki, sizning so‘zingizning 
shar’an to‘rt pullik qiymati yo‘q, uka...
Kalonshoh juda qizishib ketdi, «shar’an so‘zingizning 
to‘rt pullik qiymati yo‘q, uka» tahqiri bilan mulla Abdurah-
mon ham bo‘zarib oldi.
– Menim so‘zim bir mulohaza, taqsir, mulohaza shar’an 
isbotka buyurilmag‘an. Hokazo, o‘zingiz aytkancha, go‘yo 
masnad
1
uchun jon otib yurg‘an Sultonalining zohir
2
hara-
katiga ham ishonib bo‘lmaydir.
– Shuning kabi, siznikiga ham vusuq
3
yo‘q.
– Men aytayapman-ku...
Janjalning kattaga ketishini fahmlagan Shahodat mufti 
Abdura hmonning so‘zini bo‘lib, orag‘a tushdi:
– Bahs nima hojat? Mulla Kalonshohniki ham to‘g‘ri, 
sizniki ham haqiqat... Ammo hozirgi masalamiz qaysi fi kr 
to‘g‘rilig‘i ustida emas, qaysi yo‘l bilan Sultonalini bu 
o‘rundan olib tashlaymiz borasida.
Ko‘b yillardan beri birga yurib, o‘z ruhiga tushunib 
qolg‘an Shahodat muftining bu so‘zi bilan Kalonshoh 
ozg‘ina yorishdi.
1
Masnad
– martaba. 
2
Z
о
hir
– оshkоra, оchiq. 
3
Vusuq
– ishоnch. 


276
– Ana bu boshqa masala, – dedi, – mulla Abdurahmon-
ning fi krini to‘g‘rimi, egrimi, surishtirmay, unga faqat bir 
tadbir deb qarasangiz, bu boshqa gap, ammo mahzi haqi-
qat
1
, deb bilish bus-butun хato.
Shahodat mufti bu masalani yopib, ikkinchi tarafka 
o‘tishka shoshildi. Chunki Abdurahmon yana bir iljayib 
ikki og‘iz so‘z aytsa Kalonshohning og‘zini tikish og‘ir 
oshar, Shahodat mufti buni yaхshi onglar edi.
– Хalos, хalos, – dedi mufti. – ...Ammo mulla Abdu-
rahmon mulohazasining qiymati shundakim, Sultonali 
muammosini tez hal qilsa bo‘lur.
Muftining siforish
2
so‘zlashi bilan Kalonshoh juda 
ham o‘ziga kelib qoldi va «halli
3
qanday» deb yovoshqina 
so‘rab ham qo‘ydi.
– Halli oson, juda oson, – dedi mufti. – Biz mulla Abdu-
rahmonning mulohazasi ayni bilan janobga bir ariza yoza-
miz, хolos.
Mulla Abdurahmon namoyishkor Kalonshohga qarab
o‘ng qo‘li bilan manglayini qashidi... Ammo Kalonshoh 
qanoatlanmagandek qilib bosh chayqadi.
– Хon Sultonalining sadoqatiga qanoat hosil qilg‘an, 
yana shu holda bu arizaga ishonarmidi?
– Agar haqiqatni aytilsa, хon o‘zidan boshqa hech kim-
ga e’timod
4
qilmaydir, – dedi mufti, – хayr, Sultonaliga 
e’timod qo‘yg‘an ham bo‘lsin, yana bu taqdirda ham biz 
arizani yoza beramiz. Nega? Agar ishonsa, Sultonalini 
o‘rdadan haydar, ishonmasa, yana bizga nima zarar? Bu 
gap sizga qanday o‘хshaydi, mulla Abdurahmon?
Abdurahmon ko‘zini katta ochib, to‘g‘ri topqan kabi 
bosh irg‘atdi.
– Arizamiz o‘runlasa ko‘b yaхshi, bil’aks, o‘rdadan 
o‘zimiz haydalurmiz, – dedi Kalonshoh.
1
Mahzi haqiqat
– faqat to‘g‘ri gap. 
2
Sif
о
rish
– mеhribоnlik, hurmat. 
3
Halli
– hal qilinishi. 
4
E’tim
о
d
– ishоnch. 


277
– Nima uchun? – deb so‘radi mufti.
– Aхir arizani kim berganligi ma’lum-ku.
– Yo‘q, – dedi mufti. – Biz ariza ostig‘a imzo qo‘y-
mag‘aymiz, Kalonshoh.
– Imzosiz ariza mu’tamad
1
bo‘lmas.
– Mu’tamad bo‘lsin-bo‘lmasin bizga nima zarar? Ba-
harnav’ shu ehtimolni хonning qulog‘iga yetkarsak bas-da, 
Kalonshoh.
– Kimning dastхati bilan yozasiz?
– Bu oson, siz bunisidan хotirjam bo‘ling, Kalonshoh!
Kalonshoh noiloj ariza yozishqa rog‘ib
2
bo‘ldi. Ariza-
ning shu majlisda, mulla Abdurahmon huzurida yozilishi 
muvofi q ko‘rinib, mufti tahrirga o‘lturdi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin