Didaktik o’yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan
ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni taminlash
texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki didaktik
vositalarning sifati, ko’zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to’g’ri
foydalanish musiqa darslar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlar:
- ishtirokchilar tarkibi bo’yicha - o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta
yoshdagilar uchun o’yinlar;
- ishtirokchilar soni bo’yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf
jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o’yinlar;
- o’yin jarayoni bo’yicha - fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, musoboqa
va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar;
- vaqt meyori bo’yicha - dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan
qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar aniqlanguncha davom
etadigan va boshqa o’yinlar.
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari:
1-rasm. Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari
Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki,
musiqa ta’limi tizimida didaktik o‘yinlardan foydalanish bo’lg’usi musiqa
o‘qituvchilarning muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini, o‘zaro yordam ko‘rsatish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: