Chunki talabalar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy
bilim, ko’nikma malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari guruh jamoasi o’rtasida
hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O’qituvchi - pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishda qizg’in
tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik
talablarga rioya qilishi
talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga qaratilgan
bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib, ular
o’yin davomida hal qilishi;
3. Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-ahloq
normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konfrensiya mashg’ulotlari
ham muhim
o’rin
tutadi.
Konfrensiya
mashg’ulotlari
talabalarning bilish faoliyatini
faollashtirishda ilmiy dunyo qarashini
kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy
materiallar
bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabob adabiyotlar bilan mustaqil
ishlash ko’nikma va malakalarni ortirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Konfrensiya mashg’ulotlarini talabalarning bilish faoliyatni
faollashtirishda ilmiy dunyoqarashini mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarni
ortirish kengaytirishda, ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil hayotga
ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Konfrensiya mashg’ulotini o’tishdan oldin mashg’ulot mavzusini maqsad va
vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar
ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin mashg’ulot mavzusi elon
qilinib unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu
mashg’ulotda “Olimlar” ro’lini tanlash,
mavzuni har tomonlama yoritish, maruza
tayyorlash talabaning ixtiyorida bo’ladi.
Ilmiy konfrensiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi.
Didaktik o’yinlarni tanlashda o’quvchilarga bilim va tarbiya berishning quyidagi
tartib qoidalariga rioya qilinadi:
1. Didaktik o’yinlar tanlash va ulardan foydalanishda o’quvchilarning yosh
xususiyatlari pedagogik jihatdan tayyorgarligi va bilim saviyasi hisobga olinadi;
2. Tanlangan har bir o’yin o’quvchilarga
sistemali bilim berish, malaka va
ko’nikmalar hosil qilish bilan birga ularning barkamol bo’lib yetishishiga va ruhan
tetik o’sishiga qaratilgan bo’ladi;
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
744
3. Didaktik o’yinlarni tanlashda musiqiy ta’limning aniq maqsad va vazifalari
asos qilib olinadi.
Didaktik o’yinlar musiqiy ta’lim mazmunini
aniqlashtirishning muhim
vositalaridan biri. U o’quvchilarda o’qish motivini, istagini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: