58
Genetika
barglarning uch xil turi kuzatiladi (suv ostida, suv yuzasida, havo-
da). Barglar shakli o ‘zgaruvchanligini yoritilganlikka bog‘liq.
Ularning genotipi esa bir xildir.
Organizmlar belgilarining rivojlanish
sharoitlari yoki tashqi
m uhit ta ’sirida o ‘zgarishi
modifikatsion
yoki
fenotipik
o ‘zgaruv-
chanlik deyiladi. O ‘zgaruvchanlikning bu xilida faqat fenotipda
o ‘zgarish kuzatiladi. G enotip o ‘zgarmaganligi uchun modifikatsion
o ‘zgaruvchanlik nasldan naslga berilmaydi. Bitta genotipning
tashqi m uhit sharoitiga qarab har xil fenotipni yuzaga
chiqara olish
chegarasi —
reaksiya normasi
deyiladi. M odifikatsion o ‘zgaruv-
chanlikning evolutsion ahamiyati shundan iboratki, u organizm-
larga o ‘z ontogenezida tashqi m uhit omillariga moslashish
im koniyatini yaratadi. Reaksiya normasi keng b o ‘lgan
organizmlar
tabiiy tanlashda qulaylikka ega b o ‘ladi. Organizmlarning b o ‘yi,
massasi, pigmentatsiyasi va shunga o ‘xshash ko‘plab belgilar m odi
fikatsion o ‘zgaruvchanlikka moyildir. Modifikatsiyalarning kelib
chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning u
yoki bu tom onga o ‘zgarishiga bog‘liqdir.
Modifikatsion o ‘zgaruvchanlikning o ‘ziga xos ko‘rinishi
uzoq
davom etuvchi
modifikatsiyalardir. Bu modifikatsiyalar uni yuzaga
chiqargan omillar ta ’siri tugagandan
keyin ham bir necha avlod
davomida kuzatilib, asta-sekin yo‘qoladi. Buning sababi sitoplaz
m atik irsiyatga bog‘liq deb hisoblanadi.
M odifikatsion o ‘zgaruvchanlikning bir k o ‘rinishi b o ‘lmish
fenokopiyalar ham alohida ahamiyatga egadir. Fenokopiyalar —
muhit omillari ta ’sirida kelib chiqadigan m a’lum genotipik o ‘zgaruv-
chanlikka o ‘xshash m odifikatsiyalardir. M asalan, talidom id
preparati chaqaloqning fekomeliya (qo‘llarning rivojlanmasligi)
bilan tug‘ilishiga
olib kelishi m um kin
(13-rasm).
Xuddi shunday
o ‘zgarishni m u tan t allellar ham yuzaga chiqarishi m um kin.
Fenokopiyalarning mavjudligi kasallikni aniqlashni qiyinlashtiradi.
Modifikatsion o‘zgaruvchanlik tibbiyot fanida katta ahami-
yatiga ega. H ar bir kasallik har xil shaxsda har xil kechishi mumkin
(buning sababi reaksiya normasining har xilligidir).
Bunday holat-
lar vrachlik amaliyotida juda ko‘p uchraydi.
Belgilarning o ‘zgaruvchanligini o ‘rganish usullarini ishlab
chiqish bilan maxsus fan —
biometriya
shug‘ullanadi. Belgilarning
sifat o ‘zgarishlarini aniqlash uchun u yoki bu belgilarni hisoblab,
olingan natijaning shu guruhning um um iy
soniga nisbatan qancha
59
13-r a s m.
Fokomeliya bilan tug‘ilgan chaqaloq.
foizini tashkil etishi aniqlanadi (masalan, bironta guruhda kasal
yoki sog‘ odamlar foizi aniqlanadi).
Belgilarning miqdoriy o ‘zgarishlarini aniqlash birmuncha qi-
yinroq, chunki ularning ko‘rsatkichlari keng doirada o‘zgarishi
mumkin. Buning uchun belgining o ‘zgaruvchanligini aks ettiruvchi
Dostları ilə paylaş: