137
bu erda:
DI – investitsiya loyihasi bo‘yicha daromadlilik indeksi;
PО – hozirgi qiymatda pul oqimlari miqdori;
IМ – investitsiya loyihasini amalga oshirishga kiritiluvchi investitsiya
mablag‘lari miqdori (qo‘yilmalar vaqti turlicha bo‘lganda
hozirgi qiymatga
keltiriladi).
Misol.
Yuqorida ko’rib chiqilgan ikki loyiha ma’lumotlari bo’yicha ularning
daromadlilik indeksini aniqlaymiz. «A» loyihasi bo’yicha daromadlilik indeksi:
8758:7000 = 1,25. Ikkinchi loyiha bo’yicha esa: 8221:6700 = 1,23. Investitsiya
loyihalarini «daromadlilik indeksi» bo’yicha solishtirish shuni ko’rsatadiki, «A»
loyihasining samaradorligi yuqori.
Daromadlilik indeksi ko‘rsatkichi solishtirma baholashdan tashqari loyihani
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ham qo‘llanishi mumkin.
Agar daromadlilik indeksi qiymati birga teng yoki undan kichik bo‘lsa,
loyiha
investorga qo‘shimcha daromad keltirmaydi va rad etilishi lozim. Boshqacha qilib
aytganda, daromadlilik indeksi qiymati 1 dan katta bo‘lgan investitsiya loyihalarigina
amalga oshirishga qabul qilinishi mumkin.
«Daromadlilik indeksi» va «sof keltirilgan daromad» ko‘rsatkichlarini
solishtirishda ular yordamida investitsiyalar samaradorligini
baholash natijalari bir-
biriga to‘g‘ridan-tug‘ri bog‘liqligiga e‘tibor qaratish lozim: sof keltirilgan
daromadning absolyut qiymati o‘sishi bilan daromadlilik indeksi ham o‘sadi va
aksincha. Bundan tashqari, sof keltirilgan daromad nolga teng bo‘lganda daromadlilik
indeksi doimo 1 ga teng bo‘ladi.
Bu esa shuni anglatadiki, investitsiya loyihasini
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida
ulardan faqat bittasi
qo‘llanishi mumkin. Solishtirma baholashni o‘tkazishga keladigan bo‘lsak, bu
holatda ikkala ko‘rsatkichni ham qarab chiqish lozim,
chunki ular investorga
investitsiya loyihasi samaradorligini har tomonlama baholashga imkon beradi.
Daromadlilik indeksi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan bir xil ma‘noga ega:
«rentabellik indeksi», «foydalilik indeksi».
Dostları ilə paylaş: