139
uchun birinchi navbatda hozirgi qiymatdagi o’rtacha pul oqimi miqdorini
aniqlaymiz. «A» loyhasi bo’yicha: 8758:2=4379 doll. «B» loyihasi bo’yicha esa mos
ravishda 8221:4=2055 AQSH doll. O’rtacha yillik pul oqimi qiymatini hisobga
olgan holda «A» loyihasi bo’yicha o’zini qoplash muddati 7000:4379=1.6 ga, «B»
loyihasi bo’yicha esa 6700:2055=3.3 ga teng. Investitsiya loyihalarini «o’zini
qoplash davri» bo’yicha solishtirish «A» loyihasining «B» loyihasiga nisbatan
ustunlikka ega ekanligini ko’rsatadi («sof keltirilgan daromad» va «daromadlilik
indeksi» ko’rsatkichlari bo’yicha solishtirishda bu unchalik sezilarli bo’lmagan).
«O‘zini qoplash davri» ko‘rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor qaratish
kerakki, bu ko‘rsatkich investitsiyalar samaradorligini
bashoratlashdan tashqari,
investitsiyalar likvidligi bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasini aniqlashda ham
qo‘llanishi mumkin (yaxshi bilamizki, loyihani amalga oshirish davri qanchalik uzoq
bo‘lsa, investitsiya tavakkalchiliklari ham shunchalik yuqori bo‘ladi). Bu
ko‘rsatkichning kamchiligi shundaki, u investitsiyalar o‘zini qoplagan davrdan keyin
shakllangan pul oqimlarini hisobga olmaydi. Masalan,
ekspluatatsiya muddati uzoq
bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha olingan sof keltirilgan daromad miqdori
ekspluatatsiya muddati qisqa bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha
olingan sof
keltirilgan daromad miqdoridan ancha ko‘p bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: