Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

O’zini qoplash davri 
(PP) investitsiyalar samaradorligini baholashning eng 
tarqalgan va tushunarli ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bizning amaliyotda 
qo‘llanuvchi «kapital qo‘yilmalar o‘zini qoplash muddati»dan farqli o‘laroq, u 
foydaga emas, balki hozirgi qiymatga keltirilgan investitsiya mablag‘lari va pul 
oqimlariga asoslanadi. Ushbu ko‘rsatkich quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
QD = IM / PO
P
 
yoki 
;
)
(
1
1








n
t
t
t
t
n
t
t
t
d
X
H
d
K
PP
bu erda: 
QD – investitsiya loyihasi bo‘yicha kiritilgan mablag‘larning o‘zini qoplash 
davri;
IM – investitsiya loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriluvchi investitsiya 
mablag‘lari miqdori (qo‘yilmalar kiritish vaqti turlicha bo‘lganda hozirgi qiymatga 
keltiriladi);
PO
p
– shu davrga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha pul oqimi miqdori (hozirgi 
qiymatda). Qisqa muddatli qo‘yilmalar kiritishda bu ko‘rsatkich 1 oy, uzoq muddatli 
qo‘yilmalarda esa 1 yil deb qabul qilingan.
 
Misol

Yuqorida 
ko’rib 
chiqilgan 
investitsiya 
loyihalari 
bo’yicha 
ma’lumotlardan foydalanib, ularning o’zini qoplash muddatini topamiz. Buning 


139 
uchun birinchi navbatda hozirgi qiymatdagi o’rtacha pul oqimi miqdorini 
aniqlaymiz. «A» loyhasi bo’yicha: 8758:2=4379 doll. «B» loyihasi bo’yicha esa mos 
ravishda 8221:4=2055 AQSH doll. O’rtacha yillik pul oqimi qiymatini hisobga 
olgan holda «A» loyihasi bo’yicha o’zini qoplash muddati 7000:4379=1.6 ga, «B» 
loyihasi bo’yicha esa 6700:2055=3.3 ga teng. Investitsiya loyihalarini «o’zini 
qoplash davri» bo’yicha solishtirish «A» loyihasining «B» loyihasiga nisbatan 
ustunlikka ega ekanligini ko’rsatadi («sof keltirilgan daromad» va «daromadlilik 
indeksi» ko’rsatkichlari bo’yicha solishtirishda bu unchalik sezilarli bo’lmagan).
«O‘zini qoplash davri» ko‘rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor qaratish 
kerakki, bu ko‘rsatkich investitsiyalar samaradorligini bashoratlashdan tashqari, 
investitsiyalar likvidligi bilan bog‘liq tavakkalchilik darajasini aniqlashda ham 
qo‘llanishi mumkin (yaxshi bilamizki, loyihani amalga oshirish davri qanchalik uzoq 
bo‘lsa, investitsiya tavakkalchiliklari ham shunchalik yuqori bo‘ladi). Bu 
ko‘rsatkichning kamchiligi shundaki, u investitsiyalar o‘zini qoplagan davrdan keyin 
shakllangan pul oqimlarini hisobga olmaydi. Masalan, ekspluatatsiya muddati uzoq 
bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha olingan sof keltirilgan daromad miqdori 
ekspluatatsiya muddati qisqa bo‘lgan investitsiya loyihalari bo‘yicha olingan sof 
keltirilgan daromad miqdoridan ancha ko‘p bo‘ladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin