138
mumkinki, «A» loyihasida bu ko’rsatkich ikki marta ko’p bo’lib, uning «B»
loyihasiga qaraganda ustunligi katta ekanligidan dalolat beradi.
«Ichki daromadlilik normasi» ko‘rsatkichini tavsiflashda shunga e‘tibor
qaratish kerakki, u solishtirma baholash uchun eng to‘g‘ri keluvchi ko‘rsatkich
hisoblanadi. Bunda solishtirma baholash nafaqat investitsiya
loyihalari doirasida,
balki undan keng miqyosda ham qo‘llanishi mumkin (masalan, investitsiya loyihasi
bo‘yicha ichki daromadlilik normasini kompaniyaning joriy xo‘jalik
faoliyati
jarayonida foydalaniluvchi aktivlarning foydalilik darajasi bilan,
investitsiyalar
foydaliligining o‘rtacha normasi bilan, muqobil investitsiyalash bo‘yicha
foydalilik
normasi bilan solishtirish).
Bundan tashqari, har bir kompaniya o‘zining investitsiya
tavakkalchiligi
darajasini hisobga olgan holda o‘zi uchun investitsiya loyihalarini baholashda ichki
daromadlilik normasining mezon ko‘rsatkichini belgilashi mumkin.
Ichki
daromadlilik normasi pastroq bo‘lgan loyihalar avtomatik ravishda real investitsiyalar
samaradorligiga mos kelmasligi sababli rad qilinadi. Bunday ko‘rsatkich investitsiya
loyihalarini baholash amaliyotida «ichki daromadlilik normasining yo‘l qo‘yish
mumkin bo‘lgan stavkasi» nomini olgan.
«Ichki daromadlilik normasi» ko‘rsatkichi shuningdek, boshqa nomlarga ham
ega, masalan, «investitsiyalar rentabellik normasi».
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlarning barchasi o‘rtasida o‘zaro aloqa
mavjud. Shu sababli real investitsiyalar samaradorligini
baholashda bu
ko‘rsatkichlarni kompleksli ravishda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: