136
12.2-jadval
Investitsiya loyihalari bo’yicha pul oqimlarining hozirgi qiymatini hisoblash
Yillar
Investitsiya loyihalari
10% stavkali «A»
12% stavkali «B»
Kelajakdagi
qiymat
Diskont-lash
koeffitsienti
1/(1+i)
n
Hozirgi
qiymat
Kelajakdagi
qiymat
Diskont-lash
koeffitsienti
1/(1+i)
n
Hozirgi
qiymat
1 –yil
6000
0,909
5454
2000
0,893
1786
2 –yil
4000
0,826
3304
3000
0,797
2391
3 –yil
-
-
-
3000
0,712
2135
4 –yil
-
-
-
3000
0,636
1908
Jami
10000
-
8758
11000
-
8221
Pul oqimlarining hisob-kitob qilingan hozirgi qiymatini hisobga olgan holda
sof keltirilgan daromadni aniqlaymiz. Birinchi loyiha bo’yicha: 8758-7000=1758
AQSH doll. Ikkinchi loyiha bo’yicha esa: 8221-6700=1521 AQSH doll. Shunday
qilib,
ko’rib
chiqilayotgan
loyihalar
bo’yicha
sof
keltirilgan
daromad
ko’rsatkichlarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, «A» loyihasining «B» loyihasiga
nisbatan samaradorligi yuqori (garchi «A» loyihasi bo’yicha investitsiya qilinuvchi
mablag’ miqdori ko’proq va ularning kelajakda pul oqimi sifatida qaytishi «B»
loyihasiga qaraganda kamroq bo’lsada).
«Sof keltirilgan daromad» ko‘rsatkichini tavsiflashda bu ko‘rsatkichni
investitsiya loyihalarini solishtirma baholashdan tashqari, ularni amalga oshirishning
maqsadga muvofiqli mezoni sifatida ham qo‘llash mumkin. Sof keltirilgan daromad
ko‘rsatkichi nolga teng yoki manfiy bo‘lgan investitsiya loyihasi rad qilinishi lozim,
chunki u kiritilgan kapital uchun investorga qo‘shimcha daromad keltirmaydi. Sof
keltirilgan daromad ko‘rsatkichi nolga teng yoki musbat bo‘lgan investitsiya
loyihalari investorning kapitalini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
«Sof keltirilgan daromad» ko‘rsatkichi amaliyotda boshqa bir necha xil nom
bilan ham ataladi: «integral samara», «sof keltirilgan (yoki sof zamonaviy) qiymat»,
«sof keltirilgan samara».
Dostları ilə paylaş: