Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Daromadlilik indeksi (
PI

uslubiy jihatdan ilgari «kapital qo‘yilmalar 
samaradorlik koeffitsienti» ko‘rsatkichi bo‘yicha foydalanilgan baholashni eslatib 
turadi. Shu bilan birga iqtisodiy tarkibiga ko‘ra umuman boshqacha ko‘rsatkich 
hisoblanadi, chnuki investitsiyalardan olinuvchi daromad sifatida sof foyda emas, 
balki pul oqimlari qabul qilinadi. Bundan tashqari investitsiyalardan olish 
kutilayotgan daromad (pul oqimlari) baholash jarayonida hozirgi qiymatga keltiriladi. 
Daromadlilikni hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi: 
DI = PO / IM, 
yoki 
;
)
(
1
1








n
t
t
t
n
t
t
t
t
d
K
d
X
H
PI


137 
bu erda: 
DI – investitsiya loyihasi bo‘yicha daromadlilik indeksi; 
PО – hozirgi qiymatda pul oqimlari miqdori; 
IМ – investitsiya loyihasini amalga oshirishga kiritiluvchi investitsiya 
mablag‘lari miqdori (qo‘yilmalar vaqti turlicha bo‘lganda hozirgi qiymatga 
keltiriladi). 
 
Misol. 
Yuqorida ko’rib chiqilgan ikki loyiha ma’lumotlari bo’yicha ularning 
daromadlilik indeksini aniqlaymiz. «A» loyihasi bo’yicha daromadlilik indeksi: 
8758:7000 = 1,25. Ikkinchi loyiha bo’yicha esa: 8221:6700 = 1,23. Investitsiya 
loyihalarini «daromadlilik indeksi» bo’yicha solishtirish shuni ko’rsatadiki, «A» 
loyihasining samaradorligi yuqori. 
Daromadlilik indeksi ko‘rsatkichi solishtirma baholashdan tashqari loyihani 
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ham qo‘llanishi mumkin. 
Agar daromadlilik indeksi qiymati birga teng yoki undan kichik bo‘lsa, loyiha
investorga qo‘shimcha daromad keltirmaydi va rad etilishi lozim. Boshqacha qilib 
aytganda, daromadlilik indeksi qiymati 1 dan katta bo‘lgan investitsiya loyihalarigina 
amalga oshirishga qabul qilinishi mumkin. 
«Daromadlilik indeksi» va «sof keltirilgan daromad» ko‘rsatkichlarini 
solishtirishda ular yordamida investitsiyalar samaradorligini baholash natijalari bir-
biriga to‘g‘ridan-tug‘ri bog‘liqligiga e‘tibor qaratish lozim: sof keltirilgan 
daromadning absolyut qiymati o‘sishi bilan daromadlilik indeksi ham o‘sadi va 
aksincha. Bundan tashqari, sof keltirilgan daromad nolga teng bo‘lganda daromadlilik 
indeksi doimo 1 ga teng bo‘ladi. Bu esa shuni anglatadiki, investitsiya loyihasini 
amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi mezoni sifatida ulardan faqat bittasi 
qo‘llanishi mumkin. Solishtirma baholashni o‘tkazishga keladigan bo‘lsak, bu 
holatda ikkala ko‘rsatkichni ham qarab chiqish lozim, chunki ular investorga 
investitsiya loyihasi samaradorligini har tomonlama baholashga imkon beradi.
Daromadlilik indeksi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan bir xil ma‘noga ega: 
«rentabellik indeksi», «foydalilik indeksi».

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin