Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
M
i
 = D


 T
i
bu erda 
M
i
– inflyatsiya mukofoti miqdori; 
D
p
– investitsiyalar bo‘yicha real o‘rtacha bozor daromadi darajasi. 
Mos ravishda investitsiya bo‘yicha umumiy daromad miqdori (D
n
) quyidagiga 
teng bo‘ladi: 
D
n
=D
p
+ M
i

Shuni qayd etish kerakki, inflyatsiya sur‘atlarini bashorat qilish juda qiyin va 
ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayondir. Bundan tashqari, inflyatsiya sur‘atlari ayrim 
paytlarda bashorat qilish qiyin bo‘lgan subyektiv omillar ta‘siriga uchraydi. Shu 
sababli investitsiyalash amaliyotida inflyatsiya omilini hisobga olishning yanada 
soddaroq usulidan foydalanish mumkin. 
Shu maqsadda investitsiya mablag‘lari qiymati yoki ularni qaytarish qiymati 
milliy valyutadan erkin konvertatsiyalanuvchi valyutalardan biriga qayta hisoblanadi.
Bunda usul mamlakat ichida hisob-kitoblardan inflyatsiya omilini umuman 
chiqarib tashlashga imkon beradi. 
12.3. Biznes-rejani amalga oshirish uchun investitsiyalar samaradorligini 
baholash ko’rsatkichlari va ularni hisoblash uslubiyati 
 


133 
Biznes-reja yoki investitsion loyhaning samaradorligi ko‘rsatkichlari loyiha 
qarorlarini texnikaviy, texnologik va tashkiliy nuqtai nazaridan tavsiflab beradi. 
Loyiha samaradoligi loyihaning jalb etiladigan hamkorlar uchun jozibadorlig-
ini aniqlash va moliyalash manbalarini qidirish maqsadida baholanadi. 
U o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-
loyihaning tijorat samaradorligi 
-
loyihaning ijtimoiy (ijtimoiy-iqtisodiy) samaradorligi 
Investitsiyalar samaradorligini baholash investitsion qarorlar qabul qilish 
jarayonidagi mas‘uliyati eng yuqori bo‘lgan bosqichlardan biridir. 
Kompaniyaning rivojlanish sur‘ati va kiritilgan kapitalni qaytarish muddatlari 
baholashning qanchalik obyektiv va har tomonlama amalga oshirilganligiga bog‘liq 
bo‘ladi. Buni ko‘p jihatdan baholashning zamonaviy usullardan foydalanish belgilab 
beradi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, oldingi paytda mamlakatimizda kapital qo‘yilmalar 
samaradorligini baholash usullarini unchalik qoniqarli deb hisoblab bo‘lmasdi. Bu 
maqsadda qo‘llanuvchi ikkala ko‘rsatkich samaradorlik koeffitsienti (o‘rtacha yillik 
foyda miqdorining kapital qo‘yilmalar hajmiga nisbati) va o‘zini qoplash muddati 
(unga teskari ko‘rsatkich) bir qator jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lib, ular real 
investitsiyalar samaradorligini baholashda obyektiv ma‘lumot olishga imkon 
bermaydi. 
Bu 
kamchiliklar 
nimalardan 
iborat? 
Ulardan 
biri 
sanab 
o‘tilgan 
ko‘rsatkichlarning har bittasini hisob-kitob qilishda vaqt omili hisobga 
olinmasligidadir – foyda va investitsiya mablag‘lari hajmi haqiqiy qiymatga 
keltirilmaydi. Demak, hisob-kitob jarayonida oldindan solishtirib bo‘lmaydigan 
ko‘rsatkichlar – investitsiyalar summasi hozirgi qiymatda va foyda summasi 
kelajakdagi qiymatda beriladi. Yana bir kamchilikka ko‘ra investitsiya qilingan 
kapitalni qaytarish ko‘rsatkichi sifatida faqat foyda qabul qilingan. Biroq amalda 
investitsiyalar sof foyda va amortizatsiya ajratmalaridan iborat pul oqimi ko‘rinishida 
qaytariladi. Demak, investitsiyalar samaradorligini faqat foyda asosida baholash 
hisob-kitob natijalarini juda o‘zgartirib yuboradi. Va nihoyat, uchinchi kamchilik 
shundan iboratki, ko‘rib chiqilayotgan ko‘rsatkichlar investitsiya loyihasi to‘g‘risida 
faqat bir tomonlama baho olishga imkon beradi, chunki ularning ikkalasi ham bir xil 
boshlang‘ich ma‘lumotlardan foydalanishga asoslanadi. 
Real investitsiyalar samaradorligini baholashda xorijda amal qiluvchi, so‘nggi 
paytlarda O‘zbekistonda ham qo‘llana boshlagan asosiy tamoyil va uslubiy 
yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin