Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Qisqa xulosalar 
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va 
ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. 
Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo‘lib, u yoki bu vaqt 
oralig‘ida biznes strategiyasini aniqlashga yo‘naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga 
nisbatan ko‘proq ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. 
Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular 
rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to‘ldirib turadi. Bashorat rejalashtirishning 
dastlabki bosqichidir.
Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: 
birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan
ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo‘ladi, uchinchidan 
xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo‘ladi. 
Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqilayotgan reja va 
bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo‘lib, ular ishlab 
chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial 
chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo‘lishi va vaqti-vaqti 
bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. 
 


25 
Muhokama va nazorat savollari 
 
1.
Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning mohiyati nimada?
2.
Bozor 
sharoitlaridagi 
rejalashtirish 
avvalgi 
ma‘muriy-buyruqbozlik 
tizimidagi rejalashtirishdan nimasi bilan farq qiladi? 
3.
Xo‘jalik yuritishning bozor sharoitlarida rejalashtirishning asosiy 
tamoyillarini sanab bering. 
4.
Rejalashtirishdagi iqtisodiy tahlilning ahamiyati nimada? 
5.
Rejalashtirish va erkin tadbirkorlik qay tarzda uyg‘unlashadi? 
6.
Korxonaning rejalashtirish sohasidagi vakolatlari qanday? 
7.
Rejalashtirishning normativ asoslari deganda nimani tushunish kerak? 
8.
Norma bilan normativ o‘rtasida qanday farq bor? 
9.
Rejalashtirishning normativ asoslarini tasniflab bering. 
10.
Normativ asoslari qo‘llanish miqyosiga ko‘ra qanday taqsimlanadi 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin