27
III BOB. KORXONA FAOLIYATIDA BIZNES - REJALASHTIRISH
3.1 Korxona faoliyati biznes - rejalashtirishning obyekti sifatida
Rejalashtirish bozor
bilan umuman mos kelmaydi, deb hisoblagan bozor
munosabatlari tarafdorlari ham bugungi kunda o‘zlarining avvalgi fikrlarida qattiq
turmayaptilar. Vaqt va hayotning o‘zi, xususan, ko‘plab xorijiy kompaniya, firma va
korxonalar tajribalari rejalashtirish va bashorat qilishning
muhim ahamiyat kasb
etishini tasdiqlaydilar. Masalan, Rossiyada islohotlar boshida qabul qilingan
«tadbirkorlar Rossiyani qutqaradilar» shiori garchi nafaqat Rossiya,
balki barcha
sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida ham biznes va tadbirkorlik sohasi
iqtisodiyotning ustivor yo‘nalishiga aylangan bo‘lsada, yumshoq qilib aytganda o‘z
tasdig‘ini topdi.
Gap shundaki korxona bu nafaqat bozor subyektidir,
u shu bilan bir paytda
davlat tizimining elementi ham hisoblanadi. U davlat boshqaruv tizimi va siyosatidan
to‘liq
mustaqil
bo‘la
olmaydi.
Markazlashgan
iqtisodiyotga
asoslangan
mamlakatlarda bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan
islohotlar ishlab chiqarish jarayonini chetlab o‘tib, shu bilan bir paytda mulkchilik
shaklidan qat‘iy nazar korxonalarda mehnat motivatsiyasi
va rejalashtirish tizimini
sezilarli ravishda o‘zgartirib yubordi.
Menejment sohasi mutaxassislarining ta‘kidlashicha, butun rejalashtirish va
boshqaruv tizimi xodimlarning ish sifati va samaradorligini oshirishdan
manfaatdorligiga yo‘naltirilishi lozim bo‘lib, bu firma rivojlanishining muhim sharti
hisoblanadi. Biroq bu xuddi boshqa muvaffaqitlar kabi o‘zidan-o‘zi kelmaydi.
Buning uchun resurslar asoslaridan
tashqari mohir tashkilotchilik, ilmiy asoslangan
rejalashtirish va boshqaruvni talab qilinadi. Ayniqsa kishilarning ishlab chiqarish
mehnatidan moddiy manfaatdorligi
muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda buni
mehnat hayotining sifati deb nomlanadi.
Masalan, Janubiy Koreyaning «DEU» transmilliy firmasi rahbari Kim U Jung
ta‘kidlashicha: «biznesda odam boshqa hech qaerda bo‘lmagan ahamiyatga ega.
Inson - hamma narsadan yuqori. U buyuk kuchdir. Shu sababli kompaniyalar tobora
ko‘proq kadrlar bilan bog‘liq masalalarga e‘tibor qaratmoqdalar. Chunki umuman
olganda odamlar ishlaydilar. Firmaning gullab-yashnashi
yoki inqirozga uchrashi
ularga bog‘liq«
2
. Shu sababli bo‘lsa kerak, Yaponiya firmasi «Matsusita» quyidagi
shiorni tanlab olgan: «narsalarni yaratishdan avval «Matsusita» kadrlarni yaratadi»
3
.
Bugungi kunda O‘zbekistonda turli mulkchilik shaklidagi,
turli soha va
tarmoqlarga taaluqli 300 mingdan ortiq korxona mavjud bo‘lib, ulardan 280 mingtasi
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. Ularning ishlab
chiqarish faoliyati, shubhasizki, rejalashtirish va boshqarish obyekti bo‘lib,
bozorga
va iste‘molchilar talabini qondirishga yo‘naltiriladi.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda har bir
korxona o‘zining bugungi kundagi va kelajak uchun strategiyasini belgilab oladi.
2
Ким У Джунг. Этот великий мир бизнеса. М., «Руслит», 1992, с. 106.
3
Якокка Ли. Карьера менеджера. М., «Прогресс», 1990, с.17.
28
Shu sababli rejalashtirish korxonani rivojlantirish strategiyasidan ajralmas bo‘lib,
buni quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin (3.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: