36
«Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo‘lganda,
shuningdek, aktsiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir».
1998 yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan «Korxona
iqtisodiyoti» darsligida qayd etilishicha: «biznes-reja biron-bir tijorat loyihasini
amalga oshirish yoki yangi korxona yaratish uchun mo‘ljallangan asoslangan hatti-
harakatlar yig‘indisini ifodalovchi hujjatdir»
5
. 1996 yilda Gorfinkel V. L. va
Kupryakova E.M. muharrirligi ostida chiqarilgan xuddi shunday kitobda aytiladiki
«tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko‘zda tutilgan bitimni
rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman
kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim»
6
.
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog‘liq
degan fikr ham mavjud:
biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;
korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejani
tuzish zarurati
ayrim hollarda o‘z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa
moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini
amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi.
/arblik iqtisodchi olimlarning o‘z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda
jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin
(Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). Shu sababli
ular o‘z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o‘z
biznesi bilan
shug‘ullanish niyatida bo‘lgan shaxslarga yo‘naltiradilar.
Biroq oddiy, aytaylik, non va non mahsulotlari, lok-bo‘yoq materiallari yoki
oyoq kiyimi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi hamda yangi qurilish yoki yangi
loyihani amalga oshirishni hayoliga ham keltirmaydigan korxonalar bilan nima
bo‘ladi? Bu holda biznes-reja kerak bo‘ladimi yoki korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik
va iqtisodiy faoliyat uchun oddiy reja tuzish bilan cheklanib qolaveradimi?
Biznes-rejalarning ahamiyati va zarurligini shubha ostiga qo‘ymagan holda
aytish joizki, bu hujjatni ishlab chiqish xorijda keng qo‘llanishi sababligina urf-
odatga aylanib qolmasligi lozim. Shuningdek u boshqa korxonalar ham shunday
qilayotganligi uchungina ishlab chiqilmasligi kerak.
Biznes-rejani tayyorlash, uning
maqsad va vazifalarida aniqlik bo‘lishi zarur. Busiz yuqorida eslab o‘tilgan V.P.
Gruzinovning «Korxona iqtisodiyoti» darsligida ko‘rsatilgan holat kelib chiqishi
mumkin: «Korxona biznes-rejasi – yangi korxona yaratishni ko‘zda tutuvchi
hujjatdir»
7
.
O‘zbekiston sharoitlarida korxonalarning katta qismi (80% atrofida) xodimlar
soni 10 kishidan 100 kishigacha bo‘lgan kichik korxona va mikrofirmalardan
iboratligi bilan bog‘liq xususiyatni hisobga olish zarur. Aynan ular biznes va
tadbirkorlikning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Shu munosabat bilan tabiiy savol
5
Экономика предприятия. Под ред. проф. Грузинова В.П.- М.: «ЮНИТИ», 1998
6
Экономика предприятия. Под ред. проф. Горфинкеля В.Я., Купрякова Е.М. –М.: «ЮНИТИ», 1996
7
Экономика предприятия. Под ред. проф. Грузинова В.П.- М.: «ЮНИТИ», 1998
37
tug‘iladi: bunday korxonalarga zamonaviy darsliklar va g‘arb adabiyotlarida taklif
qilinayotgan hamdagi va tuzilmaviy mazmunli biznes-rejalar kerakmi?
Kichik
korxonalar yirik korxonalarning biznes-rejalarnidan nusxa ko‘chirib olmaydilarmi?
Bizningcha, biznes-reja ham yirik korxonalarda, ham kichik korxonalarda
ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish
strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan
qo‘shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish,
ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta‘mirlash
va texnik jihozlash, mahsulot
diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarga kirib borish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Chunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan tashqari, bank muassasalari
tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan va shunga o‘xshash tadbirlarni moliyalashtirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa hollarda esa korxona o‘z biznes-rejasini nima
deb atashining unchalik ahamiyati bo‘lmaydi, bu korxonaning o‘z ixtiyorida bo‘ladi.
Gap shundaki biznes-reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita
bo‘la olmaydi, u korxonaning o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘zidan-o‘zi hal
qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda
yaxshi ishlab chiqilgan
bo‘lsada, undan noto‘g‘ri foydalanishda korxona zarar ko‘rishi mumkin. Biroq bu
biznes-reja umuman kerak emas degan fikrga olib kelmasligi kerak. Masalan,
banklar, investitsiya firmalari va boshqa muassasalar aniq va to‘g‘ri tuzilgan biznes-
rejani olmaguncha korxonalardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror qabul
qilmaslikka harakat qiladilar.
Biznes-reja
Dostları ilə paylaş: