Ызбекистон республикаси олий ва ырта


birinchidan , korxonaning barcha bo‘lim va xizmatlari  majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi,  ikkinchidan



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

birinchidan
, korxonaning barcha bo‘lim va xizmatlari 
majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi, 
ikkinchidan
, ularni 
korxona istiqboli bilan shug‘ullanish hamda korxona maqsadlarini va ularga erishish 
yo‘llarini aniqlashga majbur qiladi, 
uchinchidan
, korxona faoliyatining muhim 
yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni belgilab beradi, 
to’rtinchidan 
esa, 
korxonaning bozordagi kutilmagan o‘zgarishlarga yanada moslashuvchan va tayyor 
qilib qo‘yadi. 
Biroq shunday bo‘lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan 
korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan 
unumliroq foydalanish tashlangan qutqarish vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap 
shundaki, turli maslahatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari
buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko‘rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega 
bo‘ladilar. Aynan shu jihat biznes-rejani korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib 
qo‘yadi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog‘ozda qolib ketmasdan 
amaliyotda qo‘llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va 
uchinchidan, 
foydaning 
o‘sishi va korxonaning umumiy moliyaviy holati 
yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o‘ziga alohida e‘tibor va chuqur o‘ylab 
chiqilgan yondashuv talab qiladi. 
4.2. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari 
 
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun 
yagona to‘g‘ri yo‘l yo‘qligiga alohida e‘tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, 
tuzilmasi, ko‘rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), 


38 
yo‘nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o‘z ishini endi 
boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‘z ishini boshlash va buning uchun 
zarur bo‘lgan boshlang‘ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni 
tayyorlash bosqichlari ma‘lum bir (umumiy) ko‘rinishga ega bo‘lishi, yangiliklar 
kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo‘lsa boshqa 
ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes 
kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki xizmatlarnig 
o‘ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo‘lgan foyda 
(daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‘limlar mavjud bo‘ladi. 
Xo‘jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan 
biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin