49
V
BOB. BIZNES - REJANING ASOSLANGANLIGI
VA ISHONCHLILIGI
5.1. Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish
Biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
va bir-
birini to‘ldirib turuvchi jarayonlardir. Biznes-rejaning asoslanganlik darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, uning ishonchliligi, talab qilinishi va foydaliligi ham
shunchalik yuqori bo‘ladi. Buning uchun biznesni rejalashtirish jarayonini boshqarish
zarur bo‘lib, u quyidagilarga imkon beradi:
1)
korxona faoliyatining muayyan yo‘nalishlarini, maqsadli bozorlar va
korxonaning ulardagi o‘rnini aniqlash;
2)
korxonaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, shuningdek,
ularga
erishish taktika va strategiyalarini ifodalash. Tanlangan har bir strategiya uchun
javobgarlarni belgilash;
3)
korxonaning iqtisodiy holatini hamda belgilangan maqsadlarga erishish
uchun zarur bo‘lgan mos keluvchi moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar holatini
baholash;
4)
iste‘mol bozoriga chiqariluvchi mahsulot (ish, xizmat) hajmi va
nomenklaturasini aniqlash hamda bir vaqtning o‘zida ularni yaratish va sotish
xarajatlarini aniqlash;
5)
kadrlarni tanlash, ularning belgilangan maqsad
va vazifalarni bajarishga
mos kelishini baholash, mos keluvchi har bir uchastkada xodimlar mehnati
mahsuldorligini rag‘batlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish;
6)
biznes-rejani amalga oshirishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklar va «ko‘zga ko‘rinmas» to‘siqlarni oldindan ko‘ra bilish.
Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona (firma) rahbariyatining
ishtirok etish darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-rejani tayyorlashda
rahbarning shaxsan ishtirok etishi shunchalik muhimki, xorijiy amaliyotda ko‘plab
banklar, investitsiya jamg‘armalari va boshqa shu kabi muassasalar biznes-reja
korxonadan tashqarida maslahatchilar
tomonidan tayyorlanib, rahbariyat tomonidan
faqat imzolangan holatlar ma‘lum bo‘lib qolganda, umuman bu korxonalarning
taqdimnomalarini ko‘rib chiqishga ham qabul qilmaydilar.
Biroq bu biznes-rejani ishlab chiqishda maslahatchilar xizmatlaridan
foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, ekspertlarni bu ishga jalb qilish qo‘llab-
quvvatlanadi. Gap bu erda boshqa narsa haqida bormoqda – biznes-rejani ishlab
chiqish korxona rahbarining yoki o‘z ishini ochmoqchi bo‘layotgan shaxsning
shaxsan ishtirok etishini talab qiladi. Ishga kirishar ekan, u birinchi navbatda kelgusi
faoliyatni modellashtiradi va uning maqsadga
muvofiqligini tekshiradi, ikkinchidan,
mo‘ljallanayotgan ishlab chiqarishning (biznesning) barcha ijobiy va salbiy natijalari
uchun javob beradi, uchinchidan esa, bajarilgan hisob-kitoblar va har bir
ko‘rsatkichlarning ahamiyatini yaxshi va aniq biladi.
Masalan amaliyotda shunday holat kuzatilganki, mebel mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi bir mintaqaviy korxona
rahbaridan oshxona jihozlari, stol-stul va
boshqalarning ekspertlar fikriga ko‘ra mahsulot sifatiga unchalik to‘g‘ri klemaydigan
50
narxi qay tarzda belgilangan deb so‘ralganda rahbar aniq bir javob bera olmagan va
bu ish bilan iqtisodchilar shug‘ullangan, bu ularning ishi deb javob bergan.
Genri Minuberg «Boshqaruv mehnati tabiati» kitobida yozishicha: «jamiyatda
deyarli har bir ish ixtisoslashuv va kontsentratsiyani talab qiladi. Stanokda biron-bir
detal tayyorlash texnikasini o‘zlashtirib olgan ishchilar keyinchalik ko‘plab haftalar
mobaynida bu ish bilan shug‘ullanishi, muhandis va dasturchilar biron-bir ko‘prik
yoki kompyuter dasturini tshlab chiqish uchun bir necha oy sarflashi mumkin bo‘lsa,
savdogarlar o‘z hayotining katta qismini bir turdagi mahsulot sotish
bilan
o‘tkazadilar. Rahbar esa o‘z ishida bunday bir xillikni kutishga haqli emas. Askincha,
uning faoliyatiga qisqa muddatlilik, turli-tumanlik va bo‘linishlik xosdir»
10
. Bunga
qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, biznes-reja va uning bo‘limlari
odatda
korxonaning mos keluvchi xizmatlari va mutaxassislari tomonidan tayyorlansada,
rahbariyatning chuqur bilimga egaligi korxona muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy
omili hisoblanadi.
Boshqaruv jarayonida biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligidan
tashqari uni ishlab chiqishning o‘z vaqtidaligi ham muhim ahamiyatga ega. Bozor
sharoitlarida, iste‘molchilik talabi tez-tez o‘zgarib turgan bir paytda rejalashtirish
tizimida o‘tmishdagi kabi xatolarga yo‘l qo‘yish mumkin emas (korxonalar yakuniy
rejasi yil boshida emas, yil o‘rtasi va hatto oxiriga borib tugallangan). Bunday rejalar,
tabiiyki, rasmiyatchilik xarakteriga ega bo‘lib, korxona rivojlanishining belgilangan
strategiyasini amalga oshirishga xizmat qilmagan.
Shu sababli biznes-rejani o‘z vaqtida ishlab chiqish
muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, korxonada boshqaruv sifatining baholash ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
Biznes-rejani ishlab chiqish muddatlarining cho‘zilib ketishi g‘oyaning eskirishi,
homiylar va kreditorlarning ketib qolishi, vaqt va ishlab chiqarish quvvatilarining
yo‘qotilishi, ishlab chiqarishning susayishiga olib keladi.
Shunday qilib, biznes-rejani tayyorlashning asoslanganlini, ishonchliligi va o‘z
vaqtidaligi korxona muvaffaqiyatining garovidir. O‘z vaqtida xorij amaliyotida 195 ta
sanoat tovarlarining muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablari tahlil qilingan va
chop etilgan (Amerikaning «Forchun» jurnali har yili sanoatning 33 tarmog‘ida
tanlab olingan 300 ta kompaniyaning reytingini aniqlab boradi). Ularning 102 tasida
firmalar muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, 93 tasida buning aksi kuzatilgan.
Muvaffaqiyatga erishishning uchta asosiy omili aniqlangan:
tovarning raqobatchilar tovarlaridan ustunligi va uning iste‘molchilar
tomonidan qabul qilinishi;
firmaning marketing «nou-xau»lari, ya‘ni bozorni, xaridorlar xulq-atvori,
yangiliklarni qabul qilish va amalga oshirish sur‘ati, tovarning hayotiylik davri va
boshqalarni eng yaxshi tushunishi;
firmaning texnologik «nou-xau»lari, ya‘ni ilmiy tadqiqotlar va ishlab
chiqarish o‘rtasidagi aloqaning yuqoriligi.
Biroq ortiqcha chaqiriqlar, xorij tajribalarini targ‘ib qilishning o‘zi bilan
biznes-rejaning mazmunini, uni ishlab chiqish jarayonini boshqarishni yaxshilash
10
Генри Минуберг «Природа управленческого труда» – М.: ЮНИТИ – ДАНА, 2002.
51
mumkin emas. Imkoniyat real voqelikka aylanishi hamda biznes-rejalar korxonalar
hayotida eng hayotiy vosita bo‘lishi uchun avvalo fan-texnika taraqqiyoti bilan
hamnafas qadam tashlovchi, yuqori malakali va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror qabul qilishi
mumkin bo‘lgan ishbilarmon kishilar kerak. Byurokratiya va rasmiyatchilikdan yiroq,
ishlab chiqarishni rivojlantirish manfaatlarini milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bilan,
jamoa mafaatlarini har bir mehnatkash manfaatlari bilan bog‘lay oluvchi mutaxassis
va rahbarlar kerak bo‘ladi. Aynan shunday kishilar biznes-rejalar tayyorlashning
asoslanganligi, ishonchliligi va o‘z vaqtidaligini ta‘minlashga erishadilar va o‘z
navbatida biznesni rejalashtirish faoliyati uchun keng imkoniyatlar ochadilar.
Dostları ilə paylaş: