62
korxonaning asosiy egalari ro‘yxati, ulardan har birining korxonaning asos
topishi va faoliyat ko‘rsatishidagi roli;
korxona rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatgan hodisalar;
korxonaning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar haqidagi ma‘lumotlar;
mahsulotni sotishda tarixiy va joriy tendentsiyalar;
so‘nggi uch yil mobaynida korxonaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy
ko‘rsatkichlari;
korxonaning asosiy yutuq va ustunliklari;
sotuv hajmi dinamikasi;
korxonaning bozordagi ulushi va uning tendentsiyalari;
korxona reklamasi va reklama imkoniyatlaridan foydalanish darajasi;
korxonaning tashkiliy-huquqiy darajasi;
korxona xarajatlari;
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatida
korxona
oldida
vujudga
keluvchi
muammolar;
korxonaning kuchli va zaif tomonlarini baholash (mahsulot yoki xizmat
sifati, sotuv imkoniyatlari, ishlab chiqarish xarajatlari darajasi, xodimlar malakasi va
tajribasi,
texnologiyalar darajasi, materiallar va butlovchi qismlarni etkazib berish
sharoitlari, menejment darajasi).
Tashqi muxitga munosabati nuqtai nazaridan korxona tahlilini amalga oshirish
uchun samarali vosita sifatida SWOT- tahlilini amalga oshirishni tavsiya etish
mumkin.
SWOT-quyidagilarni bildiradi: S-strength (kuchli tomonlar);
W-
Weakness
(zaif tomonlar); O - Opportunities (imkoniyatlar); T- Thereats (xavflar).
SWOT-tahlili korxonaning kuchli va zaif tomonlari
tahlilini, mumkin bo‘lgan
xavf-xatarlar muxitini o‘rganish va bashorat qilishni (prognozlash), zararni oldini
olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning strategik va joriy (taktik) im-
koniyatlari tahlilini, xavflarni oldini olish, zaif tomonlarni qisqartirish bo‘yicha tad-
birlarni ishlab chiqishni, korxonaning kuchli tomonlarini mustahkamlash va imkoni-
yatlarni kengaytirishni ko‘zda tutadi. Baholashning mukammalligi va uning biznes-
rejada detallashtirish darajasi tahlilning yo‘naltirilishiga (kimga va nima uchun) va
maqsadlariga bog‘liq bo‘ladi
12
.
SWOT-tahlilning asosiy g‘oyalarini tushunarli bo‘lishi
uchun olingan na-
tijalarni jadval shaklida aks ettirish maqsadga muvofiq.
SWOT-tahlilning mazmunini quyidagi 6.2-rasmda ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: