45
mahsuldor g‘oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi
korxona va firmalar odatda
moliyaviy strategiyaga katta e‘tibor qaratadilar. Bozorda ma‘lum ma‘noda barqaror
o‘ringa ega bo‘lgan boshqa korxonalar esa asosiy e‘tiborni
ishlab chiqarish
strategiyasiga qaratadilar.
Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani
ishlab chiqish bo‘yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsada,
zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo‘lib,
quyida uning ayrim variantlari keltirilgan (4.4-jadval).
4-jadval
Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi
I variant
II variant
III variant
IV variant
V variant
1.
Bo‘lajak
biznesni qisqacha
ta‘riflash.
2.
Bozor.
3.
Xodimlar
malakasi va
tajribasi, mavjud
moliyaviy vositalar.
4.
Taklif
qilinayotgan
mahsulotning
ustunliklari.
5.
Bo‘lajak
biznesni tashkil
qilish.
6.
Kelajakka
nazar.
7.
Moliyaviy
vazifalar.
8.
Pul
mablag‘laridan
foydalanish.
9.
Ilova.
10. Biznes tarixi.
1.
Biznes-rejaga
kirish.
2.
Biznesni
identifikatsiya-
lash.
3.
Maqsad.
4.
Biznesni
ta‘riflash.
5.
Bozor.
6.
Raqobat.
7.
Menejment.
8.
Xodimlar.
9.
Joylashuv.
10.
Moliyaviy
ma‘lumotlar.
11.
Hisobot .
12.
Qisqacha
mazmun
(rezyume).
1.
Tanlangan
biznes
kontseptsiyasi.
2.
Ayni paytdagi
vaziyat.
3.
Yaratilayotgan
korxona
tavsifnomasi.
4.
Boshqaruv.
5.
Bozor tahlili
va tadqiqotlari.
6.
Marketing
harakatlari rejasi.
7.
Ishlab
chiqarish rejasi.
8.
Tavakkalchi
likni baholash.
9.
Moliyaviy
reja.
1.
Kirish.
2.
Korxonani
ta‘riflash.
3.
Mahsulotni
ta‘riflash.
4.
Marketing
rejasi.
5.
Ishlab
chiqarish rejasi.
6.
Tashkiliy reja
va menejment.
7.
Moliyaviy reja.
8.
Loyiha
samaradorligi.
9.
Ilova.
1.
Firma
imkoniyatlari
(rezyume).
2.
Tovar (xizmat)
turlari.
3.
Tovar (xizmat)
sotuv bozori.
4.
Sotuv bozorida
raqobat.
5.
Marketing rejasi.
6.
Ishlab chiqarish
rejasi.
7.
Tashkiliy reja.
8.
Firma
faoliyatining
huquqiy ta‘minoti.
9.
Tavakkalchilikni
baholash va
sug‘urtalash.
10.
Moliyaviy
reja.
11.
Moliyalash
tirish strategiyasi.
Keltirilgan variantlardan ko‘rinib
turibdiki, biznes-rejaning qat‘iy tartibga
solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har
bir turi uchun xarakterli
bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif
qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o‘ziga xosliklari,
marketing va menejment,
tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta‘minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan
har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni
nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni
qay tarzda samarali tashkil
qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar
va kreditorlar bilan
qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik
darajasi va uni kamaytirish
imkoniyatlari qanday.
Biznes-rejaning har bir bo‘limi o‘z mazmuniga, ko‘rsatkichlar
tizimi va ularni
hisob-kitob qilish usullariga ega bo‘ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to‘liqligiga
putur etkazmaydi. Barcha bo‘limlar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi hamda korxonaning
potentsial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim.
46
Biznes-rejaning bo‘limlarini mazkur qo‘llanmaning mos
keluvchi boblarida alohida
ko‘rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega
bo‘lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog‘liq bo‘lgan holda turli o‘zgarishlarga
uchrashi, iste‘molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim.
Biroq bunday tarzda qayta ko‘rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab
berilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: