Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Rejalashtirilayotgan biznesni sug’urtalash



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
5.3. Rejalashtirilayotgan biznesni sug’urtalash 
 
Sug’urtalash
– bozor infratuzilmasining muhim elementi bo‘lib, 
fuqarolarning va xo‘jalik subyektlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishi ko‘zda 
tutiladi. 
Sug‘urtalash 
sug‘urtalovchining 
manfaatlarini 
uchinchi 
shaxslar 
e‘tirozlaridan hamda bu shaxslarning o‘z manfaatlarini ham himoya qiladi, chunki 
sug‘urtalovchining moddiy imkoniyatlaridan qat‘iy nazar etkazilgan zararni qoplash 
kafolatlanadi. 
Sug‘urtalashni huquqiy jihatdan tartibga solish har bir mamlakatda davlat 
tomonidan belgilab qo‘yiluvchi qonun va qoidalarga asosan amalga oshiriladi. 


53 
Masalan, Frantsiyada uch qismdan iborat bo‘lgan Sug‘urta kodeksi mavjud. Uning 
birinchi qismida qonun normalari, ikkinchi qismida hukumat qarorlari mavjud bo‘lsa, 
uchinchi qismi boshqa ma‘muriy idoralarning ko‘rsatmalaridan iborat. 
Buyuk Britaniyada sud jarayonlari sug‘urta huquqining manbai hisoblanadi. 
AQSHda ham shunday holatni kuzatish mumkin. Shveytsariyada esa sug‘urta 
huquqining asosiy manbai 1908 yilda qabul qilingan va keyinchalik ma‘lum bir 
o‘zgartirishlar kiritilgan «Sug‘urta shartnomasi to‘g‘risida»gi qonun hisoblanadi. 
Rossiyada sug‘urta munosabatlari avvalo Fuqarolik kodeksi hamda 1997 yil 31 
dekabrda qabul qilingan «Rossiya Federatsiyasida sug‘urta ishini tashkil etish 
to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. 
Sug‘urtalash O‘zbekistonda ham rivojlanmoqda. Mustaqillik qo‘lga 
kiritilgandan so‘ng, 1993 yilning mayida «Sug‘urtalash to‘g‘rsida»gi qonun, 2002 
yilning aprelida esa o‘z tarkibi va bajaruvchi vazifalari bo‘yicha jahon standarti 
talablariga yaqinlashgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. 
Respublikamiz sug‘urta tizimini bugungi kunda «O‘zbekinvest» Milliy sug‘urta 
kompaniyasi, «Kafolat» davlat-aktsiyadorlik sug‘urta kompaniyasi, «Madad» 
sug‘urta kompaniyasi va boshqalar namoyon qiladi. 
Sug‘urtalash maxsus fan sohasi va xo‘jalik amaliyoti bo‘lganligi sababli bu 
erda sug‘urtalashning tizim sifatidagi mohiyatiga chuqur kirib bormaymiz. 
Sug‘urtalashni faqat biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda uni tabiiy ofatlar, iqtisodiy 
nobarqarorlik, uchinchi shaxslarning aybi kabi sabablar bilan yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan yo‘qotish va zararlarning oldini olish imkoniyati sifatida ko‘rib chiqamiz, 
xolos. 
Biznes, ishlab chiqarish yoki faoliyatning boshqa bir turi, ayniqsa katta 
miqdorda moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘lishi doim ham 
muvaffaqiyat yoki yutuqning garovi bo‘la olmaydi. Bu ma‘lum darajada 
tavakkalchilik ham bo‘lib, biznes tili bilan aytganda, oldindan sug‘urta qilinishi 
lozim. 
Biznes va tadbirkorlik odatda sug‘urta obyekti bo‘lmaydi. Sug‘urta tizimi 
butun dunyoda asosan uch yo‘nalishni nazarda tutadi: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin