52
uchun ham
resurslar, ayniqsa, moddiy resurslar butun yil davomida ishlab chiqarish
sur‘atining bir maromda bo‘lishini ta‘minlash uchun sifat va miqdor jihatidan etarli
bo‘lishi kerak. Bunda zahiralarning normativdan oshib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik
kerak, chunki bu korxonaning pul resurslarini «ushlab» turadi va ularning xo‘jalik
aylanmasida ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to‘liq ta‘minlanganligi ishlab
chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir
ko‘rsatmagan va belgilangan texnologik jarayonlarni buzmagan holda moddiy
resurslarni tejash bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning
resurslar ta‘minoti sohasidagi siyosati resurslarni tejash siyosati bilan uyg‘unlikda
olib borilishi lozim bo‘lib, bu bugungi bozor munosabatlari
talablardan tashqari
ayrim resurs turlarining taqchilligi bilan ham asoslanadi.
Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo‘nalishlari sifatida amaliyotda
quyidagilardan foydalanish mumkin:
yo‘qotish va chiqitlarni kamaytirish;
brakni yo‘qotish;
xom-ashyo va materillar sarflashning progressiv usullarini ishlab chiqish;
yangi texnologiyalarni joriy qilish;
o‘rinbosa materiallarni qo‘llash, ikkilamchi xom-ashyodan foydalanish va
hokazo.
Biznesning rivojlanishi, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi
uchun moddiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish bilan birga investitsiyalar
ham muhim ahamiyat kasb etdai. Investitsiyalar yangi korxona
yaratish uchun ham,
mavjud korxonani rivojlantirish uchun ham kerak bo‘ladi. Bugungi sharoitlarda chet
el investitsiyalarini jalb qilishning ahamiyati katta bo‘lib, ular respublikaning asosiy
kapitaliga, jumladan, korxonalarga kiritiluvchi mablag‘lar miqdorini oshirish bilan
birga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, zamonaviy raqobatbardosh mahsulot
turlarini chiqarish va ularni jahon standartlari talablariga etkazishga imkon beradi.
Biznesni (tadbirkorlikni) resurslar bilan ta‘minlash
oddiy va bir zumda
echiladigan masala emasligi shubhasiz, albatta. U korxonaning ishlab chiqarish
dasturi va marketing rejasini ishlab chiqish bilan bir paytda hal qilinishi lozim.
Korxona xodimlarining malakasi va mahorati bu ishda etakchi rollardan birini
o‘ynaydi. Resurslar bilan ta‘minlanganlik korxona biznes-rejasining muhim bo‘limi
bo‘lib, iqtisodiy, texnik, tashkilotchlik va boshqa bilimlarni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: