Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

shaxsiy sug’urta, mulk 
sug’urtasi va javobgarlikni sug’urtalash
. Biznes sohasida moddiy qadriyatlar, 
mulk va yuk, depozitlar, tijorat tavakkalchiliklari va boshqalar sug‘urta obyekti 
vazifasini bajaradi. 
Tavakkalchiliklar, ularni baholash va bashorat qilish bilan bog‘liq masalalar 
biznes-rejani tayyorlashda ham, kelgusida uni amalga oshirishda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, investorlar, bankirlar va boshqa kreditorlar 
odatda korxona yoki tadbirkor oldida ishlab chiqarishni tashkil etishda qanday 
muammolar vujudga kelishi va ular bunday vaziyatlardan qay tariqa chiqib ketishini 
bilishni istaydilar. Buni baholash odatda muayyan faoliyat turiga yoki bugungi til 
bilan aytganda mo‘ljallanayotgan biznes-loyihaning miqyosiga bog‘liq bo‘ladi. 
Sug‘urtalash 
majburiy 
tarzda 
ikki 
tomonning 
– sug‘urtachi va 
sug‘urtalanuvchining ishtirok etishi, shuningdek, belgilangan sug‘urta badalini 
nazarda tutishi sababli sug‘urtalanuvchi, bizning holatda korxona yoki tadbirkor 
tomonidan, bu ishning barcha jihatlarini chuqur o‘ylab ko‘rish lozim bo‘lib, bu 
badallar asosida kelgusida umumiy sug‘urta jamg‘armasi shakllanadi. Xususan, 


54 
quyidagilarni amalga oshirish zarur: 

vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha tavakkalchiliklarni aniqlash; 

har bir tavakkalchilikning vujudga kelish ehtimolini aniqlash; 

ular natijasida etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini hisoblash; 

ularni vujudga kelish ehtimoli bo‘yicha ajratish; 

yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini belgilash va vujudga 
kelish ehtimoli ushbu chegaradan past bo‘lgan barcha tavakkalchiliklarni bir chetga 
surib qo‘yish. 
Sug‘urtalash amalda faqat sug‘urtalanuvchi tavakkalchiliklarga (risk insurable) 
ta‘sir ko‘rsatib, ularni etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va sug‘urta holatining yuzaga 
kelish ehtimoli nuqtai nazaridan pul qiymatida baholash mumkin. Ya‘ni 
tavakkalchilik oqibatlari obyektiv o‘lchanishi va qiymat bahosiga ega bo‘lishi lozim. 
Tavakkalchilik chayqovchilik xarakteriga ega bo‘lmasligi va sug‘urtachi yoki 
sug‘urta manfaatiga ega bo‘lgan boshqa shaxs bilan aloqada bo‘lmasligi lozim. 
Sug‘urta holati jamiyat manfaatlari yo‘lida amalga oshirilmasligi kerak.
Firma o‘z faoliyati mobaynida turli xil tavakkalchiliklarga uchrashi mumkin 
bo‘lib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin: 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin