Qisqa xulosalar Korxona iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini va bozorning asosiy subyekti bo‘lib,
jamiyat ehtiyojlarini qondiradi va foyda (daromad) olish maqsadida mahsulot ishlab
chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etiladi.
Korxonaning butun faoliyati rejalashtirish obyekti bo‘lib, faoliyat xarakteridan
kelib chiqqan holda korxonaning turli xizmat va bo‘limlari tomonidan ishlab
chiqiladi.
Rejalashtirishda miqdor va sifat, natural va qiymat, hajm va solishtirma
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichlardan har biri foydali bo‘lib, o‘ziga
xos hisob-kitob uslubiyatiga ega.
Bozor munosabatlari sharoitlarida rejalashtirish majburiydan ko‘ra istisno
xarakterga ega bo‘lsada, ayrim ko‘rsatkichlarni tartibga solish zarurati bilan
hamnafas bo‘ladi. Amaliyotda tartibga solish ilgari qabul qilingan reja va
majburiyatga o‘zgartish kiritish bo‘lib, barcha hollarda korxona faoliyati hamkorlar
ishiga zarar etkazmagan holda asoslab berilishi lozim.
Muhokama va nazorat savollari 1.
Rejalashtirish jarayonida korxona tomonidan qanday vazifalar
bajariladi?
2.
Bozor sharoitlarida korxona faoliyatini rejalashtirish avvalgi ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimidan nimasi bilan farq qiladi?
3.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishning ko‘rsatkichlari
tizimini asoslab bering.
4.
Ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish nima va u rejalashtirish
jarayoni bilan qanday uyg‘unlashadi?
5.
Sizningcha, bozor sharoitlarida rejalashtirish jarayoni qanday ko‘rinishga
ega bo‘lishi lozim?
6.
Qaysi hollarda rejaga o‘zgartirish kiritish mumkin?
7.
Korxona faoliyati rejalarini ishlab chiqishda axborot asoslarining
ahamiyati va zaruratini tushuntirib bering.
8.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish jarayonlarini kim yoki
qaysi organ boshqaradi?
9.
Davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarini tushuntiring.
10.
Axborot sifatiga qo‘yiluvchi asosiy talablar qanday?