Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo’lgan talabni (extiyojni) aniqlash. Bu moddada mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlarining qisqacha tavsifi beri-
ladi: tarkibi, tuzilmasi, qiymati, texnik tavsifi, eskirish darajasi, ta‘mirlash va rekon-
struktsiya qilish zaruriyati ko‘rsatiladi (9.2-jadval).
9.2-jadval
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibi tuzilishi va eskirishi.
Asosiy ishlab
chiqarish
fondlari
guruhi
Loyiha
bosh-
lanishidagi qiy-
omati,
ming
so‘m.
Ulushi%
Loyiha bosh-
lanishidagi
eskirishi,
ming so‘m
Qoldiq
qiymati,m
ing so‘m.
Eskirish
koeffitsien
ti
Mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya yoki rekonstruktsiya
qilish yoxud yangi ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq savollar yoritiladi.
Ularga quyidagilar kiritilishi mumkin:
xujjatlarning mavjudligi;
qurilish-montaj ishlarini mo‘ljallangan muddatlarda bajarilishini
ta‘minlovchi pudrat tashkilotining mavjudligi;
xarajatlar va x.k.
Bularning asosida qo‘shimcha uskunalarga talab va asosiy fondlar va
nomoddiy aktivlarga umumiy talab belgilanadi. Asosiy fondlarga extiyoj, asosiy
fondlar turlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchining normativlarga ko‘ra aniqlanadi.
Aylanma mablag’larga bo’lgan extiyojning mufassal hisobini yangidan
tashkil etilayotgan korxonalar uchun amalga oshiriladi. Faoliyat yuritayotgan
korxonalar uchun aylanma mablag‘lar miqdoriga o‘zgartirish kiritish, aylanma
mablag‘lar me‘yorini aniqlashning koeffitsentli uslubi yordamida biznes-rejaning
«Moliyaviy reja» bo‘limida yoritiladi.
Aylanma mablag‘larga bo‘lgan umumiy extiyoj ya‘ni aylanma mablag‘lar
yalpi normativini tashkil etuvchi elementlar normativlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi
(9.3-jadval).
9.3-jadval.
Aylanma mablag`larga extiyojni shakllantirish.
Rеsurslarning tur va nomi
200___y.
200__y.
200__y.
Xom ashyo va matеriallar
Yoqilg`i
Elеktr enеrgiyasi
Qadoqlash idishlari
Tеz eskiruvchi buyumlar
Extiyot qismlar
Tugallanmagan ishlab chiqarish
Ombordagi tayyor mahsulot
Boshqalar.
Ja'mi