Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat
yuritishini ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish zahiralari
normativlardan past bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi
va uskunalarning bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy
ko‘rsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ishlab
chiqarish zahiralarining belgilangan norma va normativlardan oshib ketishiga ham
yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu mablag‘larning «muzlab» qolishiga va natijada
korxonaning zarar ko‘rishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug‘urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va
mavsumiy turlarga bo‘linadi.
Xom-ashyo va materiallar xaridi korxonaning xo‘jalik faoliyatida muhim
qadam hisoblanadi. Bunda vazifa xarid qilinayotgan materiallar optimal hajmi
qanday bo‘lishini aniqlashga borib taqaladi, chunki bir martalik xarid qilinadigan
materiallar partiyasi qanchalik katta bo‘lsa, shuncha ko‘p aylanma mablag‘larni
«bog‘lab» qo‘yishga to‘g‘ri keladi va aksincha.
Resurslardan foydalanishni baholash. Biznes-rejani ishlab chiqishda
korxonaning resurslardan foydalanishini yoritib berish zarur.
Gap shundaki, talab qilinuvchi resurslar hajmini aniqlash bu hali
rejalashtirishning boshlanishi bo‘lib, amaldagi biznesda bu resurslar qanday
foydalanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Natural va qiymat o‘lchamidagi amaldagi (o‘tgan yilgi) va rejadagi (bashorat
qilingan) ko‘rsatkichlar resurslardan foydalanishni tavsiflash uchun asos bo‘la oladi.
102
Rejadagi ko‘rsatkichlarning amaldagi ko‘rsatkichlardan ortib ketishi korxonaning
resurslardan foydalanish siyosatida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berganligidan darak
beradi.