101
mumkin.
Moddiy zahiralar hajmini aniqlash.
Zahiralar
asosan ishlab chiqarish
jarayonini noma‘lum xarakterli xaridlarga bog‘liqligini kamaytirish,
texnologik
ishlov berish bo‘yicha kelgusi operatsiyalarni ishlab chiqarish bosqichidagi avvalgi
xatolardan mustaqil bo‘lishi,
shuningdek, xaridorlar talabi barqaror bo‘lmagan
hollarda tayyor mahsulotning barqaror taklifini ta‘minlash uchun mo‘ljallanadi.
Moddiy zahiralarni rejalashtirishda ularning optimal hajmiga rioya qilish
kerak, chunki zahiralarning kamayib ketishi mahsulot ishlab
chiqarish va sotishda
uzilishlarga sabab bo‘lishi, ortiqcha zahiralarning to‘planib qolishi esa aylanma
vositalarning bog‘lanib qolishi, kerditorlik qarzlarining ko‘payishi, materiallarni olib
kelish va saqlash uchun xarajatlarning ortishiga olib kelishi mumkin.
Bu esa
korxonaning moliyaviy holatini yomonlashtiradi.
Ushbu vazifani hal qilish uchun korxona zahiralarning belgilangan normasi –
moddiy resurslar minimal hajmiga amal qilishi lozim bo‘lib, bu resurslar korxonaning
to‘xtovsiz sur‘atlarda ishlashini ta‘minlashi lozim bo‘ladi.
Zahiralar hajmini uchta asosiy omil belgilab beradi:
kundalik material iste‘moli hajmi;
materiallar sarflanishi xarakteri (iste‘molning bir xillik darajasi);
ikki marta material olib kelish o‘rtasidagi vaqt.
Korxona aylanma mablag‘larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish za-
hiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab
chiqarishning optimal
kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan
bog‘liq vazifalarni echishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: