Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ushbu bo‘limning muhim tashkil etuvchilari-
dan biri ishlab chiqarish jarayonini bayon etish, ta‘riflashdir. Unda ishlab chiqarish
shakli (donalab, seriyalab, ommaviy), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish tsi-
kli (davri) tuzilmasi aks ettiriladi. Texnologik jarayon chizmasini hamda yuk oqimi
chizmasini keltirish mumkin. Mavjud texnologiyani quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha
baxolanadi:
texnologiyaning zamonaviy talablarga mos kelishi:
ishlab chiqarish jarayonining avtomatlashganligi darajasi:
ishlab chiqarish jarayonining moslashuvchanligi, qayta sozlashga sarfla-
nadigan vaqtni qisqartirish:
mahsulot chiqarishni tezda qisqartirish yoki ko‘paytirish imkoniyatlari.
Biznes-rejada ko‘zda tutilgan texnologiyani takomillashtirish va rivojlantirish-
ning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Biznes-rejada texnologiyadagi taklif etilayotgan o‘zgarishlar natijasida
mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot bahosidagi o‘zgarishlarni
ko‘rsatib o‘tish kerak.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Agar ishlab chiqarish jarayonida ma‘lum bir
ishlarni subpudratchilar ya‘ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok
etadigan bo‘lsa, buni biznes-rejada alohida qayd etish lozim. Kooperatsiya
to‘g‘risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib
beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlarining
minimumlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni
asoslash bayon etiladi. Hamkorlarni tanlashda ularning ishonchliligi, ishlab chiqarish,
moliyaviy, xodimlar bo‘yicha imkoniyatlari, nufuzi hisobga olinadi.
Biznes-rejada subpudratchi-firmalarning nomi, joylashgan joyi va manzilgohi,
ular tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko‘rsatiladi.