93
larda) mahsulotni yoki xizmatni reklama qilish bilan mahsulotni
bozordagi holatini
yaxshilashni birgalikda olib boriladi.
Brendingni
ma‘lum bir tovarning alohida
brend-imidjini yaratish va
iste‘molchi ongiga singdirish bo‘yicha reklama beruvchining, savdo tashkilotlarining
hamda reklama agentligining birgalikdagi ijodiy ishi sifatida tushunish mumkin.
Xozirda tovarlar raqobati brendlar raqobati darajasiga ko‘tarilganini mutax-
asislar e‘tirof etilmoqda.
Brend - bu xaridorning raqobatchi mahsulotlardan farq qiluvchi ma‘lum bir to-
var markasi haqidagi tasavvurlari. Masalan, ''Mersedes bents'' engil avtomobillarning
dunyo bozoridagi kuchli brendlaridan biri.
Marketing byudjeti.
Biznes-rejaning ushbu moddasida marketingga oxirgi
uch yilda qilingan xa-
rajatlar va rejalashtirilayotgan davrdagi xarajatlar keltiriladi.
Xozirgi davrgacha byudjetni shakllantirishning yagona
uslubiyati ishlab chi-
qilmagan bo‘lib, har bir korxona marketing bo‘yicha
xarajatlar moddalarini
aniqlashda o‘z yondoshuvidan foydalanadi va qanday axborotlarni unda aks ettirishni
o‘zi belgilaydi.
Marketing byudjetini hisoblashda quyidagi uslublardan foydalanishi mumkin.
a) «imkoniyatlarga ko‘ra» moliyalashtirish
uslubi - marketing va
iste‘molchilardan ko‘ra ishlab chiqarishga ustivorlik beruvchi korxonalar tomonidan
qo‘llanadi. «Qancha mablag‘ ajratish imkoniyatiga egasiz» tamoyiliga asoslanadi;
b) qat‘iy foizlar uslubi - marketinga ajratiladigan mablag‘lar sotish xajmining
o‘tgan davrlardagi, joriy yoki kelgusi miqdoriga nisbatan ulushlarda ajratiladi;
v) «raqobatchiga mo‘ljallangan» uslub - marketingga xarajatlar darajasi bozor-
da resurslari va ulushiga ko‘ra o‘ziga yaqin turgan raqobatchining xarajatlariga ko‘ra
belgilanadi;
g) maksimal xarajatlar uslubi – «iloji boricha ko‘proq xarajatlar marketingga»
tamoyiliga asoslanadi;
d) maqsad va vazifalarga asoslangan uslub - korxonada qo‘yilgan maqsadlarga
erishish uchun marketing tadbirlarini olib borish xarajatlari
kalkulyatsiyasiga asos-
lanadi.
Byudjetning hajmi aniqlangandan so‘ng bajariladigan tadbirlar bo‘yicha
taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: