92
Majburiy o‘tkazish strategiyasi - tovar harakatini bevosita iste‘molchilarga
yo‘naltirish. Iste‘molchilar talablari o‘sib borishi bilan
savdo tashkilotlari tovarni
sotish uchun korxona bilan majburiy aloqaga kirishadilar.
Siqilib kirish strategiyasi - tovarni siljitish(harakatlantirish) vositachiga
yo‘naltiriladi. Vositachi esa savdo kanallari orqali taqsimlashni uyushtiradi.
Marketing kommunikatsiyalari kompleksi
o‘z
ichiga quyidagi vositalarni
oladi: reklama, sotuvni rag‘batlantirish,
shaxsan sotish,
jamoatchilik bilan ishlash,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing, sponsoring, mahsulot-pleysment, brending.
Eng maqsadga muvofiq, samarali kompleksni aniqlashda har bir tashkil etuvchi
vositalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini hamda samarali bo‘lish
shartlarini
hisobga olish lozim.
Reklama
- bu ma‘lum sponsor nomidan g‘oyalar,
tovarlar hamda xizmatlarni
taklif va taqdim etishning har qanday pullik shakli
.
Shaxsan sotish
- sotuvchining xaridor bilan aloqaga kirishishini ko‘zda tutadi.
Bunda mahsulotnng iste‘mol xususiyatlari to‘g‘risida og‘zaki
tushunchalar beriladi
va mahsulotni oldi-sotdisi bo‘yicha birgalikda bir qarorga kelinadi.
Dostları ilə paylaş: