8.5. Mahsulotni bozorga chiqarish strategiyasi Biznes- rejada ishlab chiqarilgan tovarni sotish kanallari va harakatlanish
tizimini yoritib berish zarur.
Tovar harakatlanishi va sotuvni tadqiq qilish tovarni iste‘molchiga tez etkazib
berish va sotishning eng samarali va oqilona yo‘llari, usullari va vositalarini
aniqlashga imkon beradi. Savdo kanallari, vositachilar, sotuvchilar, sotuv shakl va
usullari, muomala xarajatlari (savdo xarajatlarini olinadigan foyda bilan solishtirish)
tadqiqot obyektlari hisoblanadi. Shuningdek, chakana va ulgurji savdoda turli xil
korxonalar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinib, ularning kuchli va zaif
tomonlari, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan vujudga kelgan munosabatlar xarakteri
aniqlanadi. Bunday ma‘lumotlar korxona tovar aylanmasini oshirish, tovar
zahiralarini optimallashtirish, samarali tovar harakatlanishi kanallarini tanlash
mezonlarini ishlab chiqish, tovarni pirovard xaridorlarga sotish usullarini ishlab
chiqish, muomala xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.
Reklama va sotuvni rag’batlantirishni tadqiq qilish qachon, qaerda va qanday
vositalar yordamida tovarlar sotuvini rag‘batlantirish, tovar ishlab chiqaruvchining
bozordagi nufuzini oshirish, reklama tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishni
aniqlashga imkon beradi. Obyektlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
ta‘minotchilar, vositachilar va xaridorlarning bozordagi xatti-harakatlari; reklama
samaradorligi; xaridorlar bilan aloqalar. Olingan natijalar «pablik rileyshnz»
siyosatini ishlab chiqish; korxona va uning tovarlariga iliq munosabat uyg‘otish;
korxona imidjini yaratish; aholi talablarini shakllantirish hamda ta‘minotchi va
vositachilarga ta‘sir ko‘rsatish usullarini aniqlash; kommunikatsiya aloqalari,
jumladan, reklamaning samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Har qanday tovarga talab ikkita komponentning: kutilayotgan xaridorning
to‘lov layoqatiga egaligi va uning o‘z muammolarini taklif etilayotgan tovar
yordamida hal qilishi, ya‘ni o‘z ehtiyojini qondirish istagi mavjudligining natijasidir.
Bozorda bir vaqtda bir nechta raqobatdosh tovarlar mavjudligi sababli har bir
korxona va firma xaridorning tovar tanlashda o‘ziga e‘tibor qaratishiga ta‘sir
ko‘rsatishga intiladi. Bunday ta‘sir vositasi reklama, tovarning iste‘mol
xususiyatlarini targ‘ib qilish hisoblanadi. Bundan tashqari, hozirgi paytda sotuvni
rabatlantirish va reklamada mahsulot taqsimoti va uni iste‘molchilarga etkazib berish
90
kanallariga katta o‘rin ajratilmoqda.
Chet elda amaliyotda tovarlarni ishlab chiqaruvichidan iste‘molchi tomon
haraktlantirishning ikki usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, birinchi usul