88
Diskriminatsiya baholarini belgilash.
Diskriminatsion (bir xil bo‘lmagan)
baholarni belgilashda korxona bir xil mahsulot yoki
xizmat uchun turli xil shaklda,
turli xil baho belgilaydi.
xaridorlarning turli xilligini hisobga olgan holda. Masalan, talabalar, nogi-
ronlar, nafaqaxo‘rlar, veteranlar bir xil mahsulot uchun turli narx to‘laydilar;
tovarning variantlarini hisobga olgan xolda.
Tovarning turli variantlari turli baholarda sotiladi va unda variantlar bo‘yicha
ishlab chiqarish xarajatlarining farqi hisobga olinmaydi. Masalan,
qadoqlash idishi
boshqalariga nisbatan 20%ga qimmatga tushgan atirni boshqalariga nisbatan ikki
barobar qimmat bahoda sotish.
joyni hisobga olgan holda. Tovar turli joylarda ishlab
chiqarish xarajatlari
bir xil bo‘lsa ham turli baholarda sotiladi. Masalan, teatr pattasi tomoshabinlar qaysi
joyni ko‘proq xoxlashlariga ko‘ra turli bahoda bo‘ladi.
vaqtni hisobga olgan holda. Baholar mavsumga, kunga, xaftaga va sutkan-
ing qaysi soatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Masalan, uyali aloqa xizmati kechasi va
dam olish kunlari arzonroq bo‘lishi mumkin.
Psixologik jixatdan jozibador baholar belgilash.
Bunda
xaridorlar psix-
ologiyasi hisobga olinadi. Bahoni butun son emas undan bir oz kamroq raqamlarda
belgilanadi. Masalan, atirning bahosi 1000 so‘m emas 990 so‘m belgilanadi.
Tovar assortimentini baholarning bosqichma-bosqich o’zgarishi asosida
sotish.
Korxonada odatda bir mahsulotning bir necha turlari va markalarini ishlab
chiqiladi. Bunda alohida marka va modeldagi tovarlarga qo‘yiladigan
baholarning
o‘zaro bog‘liqligi muammosi tug‘iladi. Xaridor bir mahsulot sifat darajasining ikkin-
chisidan farqini aniq bilishi uchun baholar bir-biridan keskin farq qilishi kerak. Masa-
lan, NEXIA avtomobilining DONS va ONS turlari mavjud va ularning baholari ham
har xil.
Dostları ilə paylaş: