Ызбекистон республикаси олий ва ырта



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

siljitish 
strategiyasi
nomi bilan mashhur

Bu holda korxona dilerlarni xarid qilingan har o‘nta 
tovar uchun bitta tovarni bepul berish yo‘li bilan rag‘batlantiradi. Ikkinchi usul 
intensiv reklama kampaniyasini o‘tkazish yo‘li bilan 
xaridorlarni jalb qilish 
strategiyasidir
. Uning maqsadi xaridorlarni taklif etilayotgan tovar yoki xizmat 
tavsifnomalari bilan tanishtirishdan tashqari, ularda reklama qilinayotgan tovar yoki 
xizmatni xarid qilish istagini uyg‘otish hisoblanadi.
Tovarni bozor tomon harakatlantirishni rag‘batlantirish so‘nggi paytda 
FOSSTIS tizimi (talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish xizmati) yordamida 
amalga oshirilib, unda tovarni ishlab chiqarish, uni harakatlantiish va reklama qilish 
jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘lanashi. 
FOSSTIS - talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish xizmati (inglizcha-
formation of demond and stimulation of sale) kompleksiga reklama, tovar harakati 
va jamoatchilik bilan aloqalar kiradi. Bu vositalar nafaqat talabni shakllantirish 
(FOS), balki sotuvni rag‘batlantirishga ham ta‘sir ko‘rsatadi. FOS tadbirlari potentsial 
xaridorga yo‘naltirilgan bo‘lib, uni yangi bozorga endigina chiqarilayotgan tovar bi-
lan tanishtiriladi. «Tanishtiruvchi reklama», ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok et-
ish usullaridan foydalaniladi. Maqsadi - iste‘molchilar ongida mahsulot obrazini 
shakllantirish va faqatgina shu mahsulot boshqalaridan ko‘ra ko‘proq belgilangan 
talabni qondirishini ko‘rsatish.
STIS tadbirlari bozorda yangilik hisoblanmaydigan tovarlarni sotishni ken-
gaytirishga yordam beradi. Bunday tovar haqida FOS tadbirlari va xaridorning o‘z 
tajribasi asosida ma‘lum tasavvurlar paydo bo‘lgan. STISning vazifasi esa xaridorni 
yana xaridga undash hamda tovarning bozordagi hayotiylik bosqichi va korxonaning 
baho siyosatiga ko‘ra yangi segmentlarda tarqalishini, bozordagi ulushini oshirishni 
ta‘minlashdan iborat. Xaridor uchun tovarni FOSSTISning qaysi tadbiri orqali sotib 
olganligini qizig‘i yo‘q. Lekin FOSSTIS tadbirlariga mablag‘ ajratayotgan korxona 
rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko‘ra ta‘sir doirasini yanada aniqroq 
belgilash (axborotlarning yo‘naltirilganligi), ommaviy aloqa kanallarining maqbul-
larini tanlash, tovarning ijobiy tomonlarini to‘laroq yoritish, ko‘rgazmali vositalar
matnlar mazmuni va shaklini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini baholash mumkin. 
FOSSTISning kommunikativ ta‘siriga ko‘ra xaridorlar tovarni yuqori iste‘mol 
qiymatiga ega deb tasavvur qiladilar. FOSSTIS tadbirlariga qilinadigan xarajatlarni 
rejalashtirishda mablag‘larni quyidagicha taqsimlash maqsadga muvofiq:


Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin