Jamoatchilik bilan ishlash (aloqalar) yoki pablik rileyshnz korxonaning
maqbul imidjini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashga, korxona faoliyat yuritishining
zarurligi va uning jamiyat hayotiga ijobiy ta‘sir etishiga jamoatchilikni ishontirishga
yo‘naltirilgan.
Bu vazifalarni bajarishga quyidagi tadbirlar orqali erishish mumkin: jurnal-
istlar uchun axborotlar tayyorlash; brifing; press-konferentsiya; ochiq eshiklar kun-
larini o‘tkazish; korxona faoliyati to‘g‘risida ko‘rgazmalar va marosimlar o‘tkazish;
sponsorlik; fan tadqiqotlar, ta‘lim, san‘at va sportni qo‘llab-quvvatlash; atrof muxitni
himoya qilish bo‘yicha faoliyat; bolalar va nafaqaxo‘rlarga g‘amxo‘rlik qilish.
To’g’ridan-to’g’ri marketing deb, mahsulotni sotish maqsadida iste‘molchiga
bevosita ta‘sir o‘tkazish va mijoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishni
tushuniladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingning beshta shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin.
pochta orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing - pochta orqali potentsial xari-
dorlarga jo‘natmalar, xatlar, reklama, na‘munalar, prospektlar jo‘natish;
kataloglar bo‘yicha marketing - mijozlarga yuborilgan kataloglar yoki
sotish joylarida taqdim etiladigan kataloglar orqali tovar sotishni tashkil etish;
telefon orqali sotish. Firma xodimlari buyurtma olish va reklama orqali ol-
gan axborotlari bo‘yicha ma‘lumot berish uchun mijozlarga bepul telefon raqamla-
rini beradilar.
televidenie orqali marketing. Masalan,''Telemagazin'', ''Uyda divanda o‘tirib
savdo'' va boshqalar.
Elektron savdo - internet orqali sotish.
Sponsoring - bu o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosidagi firmaning sponsorlik
faoliyati. Sponsoringning hozirgi paytda to‘rtta turi mavjud: sport sohasida sponsor-
ing; madaniyat sohasida sponsoring; ijtimoiy sponsoring; ekosponsoring.