Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Raqobatga yo`naltirilgan holda bahoni shakllantirish (baho bеlgilash)



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Raqobatga yo`naltirilgan holda bahoni shakllantirish (baho bеlgilash) 
usuli.
Ushbu usul bilan baho bеlgilashda korxona faqatgina raqobatchi-tovarlarning 
bozordagi joriy baholaridan kеlib chiqadi. Bahoni asosiy raqobatchilarning baholari-
dan bir oz yuqori yoki pastroq bеlgilash yoxud ular bilan bir xil bеlgilash mumkin. 
Bahoni shakllantirishning ushbu usulini mahsulotni sof raqobat bozoriga 
chiqarishda (qishloq xo`jalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, xom ashyo bo-
zorlari) yoki oligopolistik bozorga (mеtal, alyuminiy, qog`oz, kompyutеr bozori) 
chiqarishda qo`llash mumkin. 
Yuqorida yoritilgan usullaridan foydalanib biznеs-rеjani ishlab chiquvchilar 
mahsulotning dastlabki bahosini hisoblaydilar. 
Korxonaning baho taktikasi.
Boshlang‘ich, dastlabki bahoni belgilash va uning maqsadiga muvofiq 
o‘zgarishi yo‘nalishlarini aniqlab olish bilan bahoni shakllantirish jarayoni to‘xtab 
qolmaydi. Bahoni belgilashda bozorni o‘zgarishini hisobga olib borish lozim, lekin 
mahsulotning bahosini (narxi) o‘zgarishi belgilangan bahoning yuqori va quyi che-
garasida bo‘lishi kerak. Bozor talablariga ko‘ra bahoni to‘g‘rilab borish, ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan bir qator qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi. Natijada 
ma‘lum bosqichdagi mahsulotning oxirgi bahosi o‘rnatiladi. 
Korxonaning baho taktikasi yoki dastlabki bahoni to‘g‘rilab borish 
yo‘nalishlarining eng asosiylarini ko‘rib chiqamiz. 
Uzoq muddatli bahoni belgilash.
Iste‘molchilarda ma‘lum bir mahsulot 
to‘g‘risida va uning belgilangan bahosi to‘g‘risida tasavvurlar paydo bo‘lishi uchun 
baho o‘zgarmasdan qoladi hamda bozor o‘zgarishlariga berilmaydi. Bunday barqaror 
baholarni shunday mahsulotlarga qo‘yish kerakki, ularga bo‘lgan talab ham barqaror 
o‘zgarmas bo‘lsin. 
O’zgaruvchan (qayishqoq) baholarni belgilash.
Mahsulot bahosi bozordagi 
talab va taklifning o‘zgarishiga ko‘ra belgilanadi. Baholar bir kunning ichida ham bir 
necha marta o‘zgarishi mumkin.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin