Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Baho siyosatini maqsadlarini qo’yish



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

Baho siyosatini maqsadlarini qo’yish.
Korxona baho siyosatining maqsadla-
ri, «Korxonaning tavsiflanishi» bo‘limida ko‘rsatilgan umumiy maqsadlar asosida 
shakllanadi.
Odatda baho siyosatining uchta uzoq muddatli maqsadlarini ajratib 
ko‘rsatiladi: 

sotishni ta‘minlash (yashab qolish, sotish xajmini ta‘minlab turish) 

foydani maksimallashtirish; 

bozorni saqlab qolish; 
 
Sotishni ta’minlash -
bozorda ko‘plab o‘xshash ishlab chiqaruvchilar mavjud 
bo‘lgan qattiq raqobat sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy 
maqsadi. Bozorni katta qismini egallash va sotish xajmini oshirish uchun pasaytiril-
gan baholar - kirib borish baholari qo‘llaniladi. 
Foydani maksimallashtirish
maqsadini qo‘yilishi, korxona o‘z joriy foydasini 
maksimallashtirishga intilayotganligini bildiradi. Korxona bahoning turli darajalarida 
talab va xarajatlarni tahlil qiladi va xarajatlarni maksimal qoplanishini ta‘minlaydigan 
bahoni tanlaydi. 
Bozorni saqlab qolish
maqsadi korxonaning bozordagi mavjud holatini va o‘z 
faoliyati uchun maqbul sharoitlarni saqlab qolishni ko‘zda tutadi. Bu esa sotish 
xajmini tushib ketishi va raqobat kurashining keskinlashuvini oldini olish uchun turli 
chora-tadbirlarni qo‘llashni talab qiladi. 
Uzoq mudatli maqsadlardan tashqari korxona baho siyosatining qisqa muddatli 
maqsadlarini ham qo‘yishi mumkin. Ularga odatda quyidagilarni kiritish mumkin:

bozordagi holatni barqarorlashtirish; 

baho o‘zgarishining talabga ta‘sirini kamaytirish;

mahsulot bahosi bo‘yicha etakchilikni saqlab qolish;

mumkin bo‘lgan raqobatni cheklash;

korxona yoki mahsulot imidjini oshirish; 

bozorda zaif mavqeda turgan tovarlarni sotishni rag‘batlantirish.
Talabni aniqlash
biznes-rejaning ''Bozorni baholash va iste‘molchilik talabini 
o‘rganish'' bo‘limida mufassal yoritiladi(8.2§).

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin