67
O„tkazilgan tajribalardan olingan ma‟lumotlarga ko„ra, tok mavsumda bir
marta
xomtok qilinganda Qora kishmish navi barglari, novdalari
va uzum boshlarining
oidium bilan zararlanishi xomtok qilinmagan nazarotga nisbatan 18-28% va
antraknoz bilan zararlanishi 26-31% ga kamaygan, hosil deyarli 2 marta oshgan
(gektariga 40 sentnyerdan 79
sentnyergacha); ikki marta xomtok qilinganda esa,
har ikkala kasallik bilan zararlanish 50-56% ga kamaygan va hosildorlik 110
sentnyerga etgan. Tok oralarini
kuzda va bahorda haydash ham bu kasalliklar
rivojlanishini kamaytirgan va hosildorlikni deyarli 2 baravar ko„paytirgan.
Kimyoviy himoya uchun oltingugurt preparatlari (to„yilgan kukuni, n. kuk.,
kolloid, sus. K., ohak-oltingugurt qaynatmasi va b.)
yuqori samara bilan
qo„llaniladi. O„zbekistonning quruk ob-havoli iqlimida kukun shaklidagi
oltingugurt ishlatish yuqori samara beradi, yomg„irli
ob-havoda esa suspenziya
qo„llash tavsiya qilinadi. Oltingugurt pyereparatlari tokni havo harorati 25-30
o
C
bo„lganida kasalliklardan yaxshi himoya qiladi, 18-20
o
C da deyarli samara
bermaydi. Harorat 30
o
C dan oshganda u o„simliklarga fitotoksik ta‟sir ko„rsatadi
35
o
C va undan yuqori haroratda oltingugurtni ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Oltingugurt kukuni (15-30 kg/ga) yoki OOK (0,5-1°)
bilan birinchi ishlov
bahorda tok gullashidan oldin, birinchi xomtokdan so„ng darhol berilishi lozim,
keyingi ishlovlar, ob-xavo sharoitlari va kasallik rivojlanishini
hisobga olgan
holda, har 10-15 yoki 20-30 kunda, hammasi bo„lib bip mavsumda 7-10 ta ishlov
beriladi. Oltingugurt kukunini yo„ldan olingan mayda chang bilan 1:1 nisbatda
qo„shib ishlatish ham yaxshi samara beradi. Tok sug„orilishi lozim bo„lsa ishlovni
sug„orishdan so„ngra berish lozim.
Oidiumga qarshi boshqa fungitsidlar oltingugurtdan kamroq qo„llaniladi,
ulardan Bayleton 25% n.kuk. (0,15-0,3 kg/ga), Bampyer 25% em.k. (0,25 l/ga),
Vektra 10% sus.k. (0,3 l/ga), Impakt 25 % sus.k. (0,1-0,15 l/ga), Saprol 20% em.k.
(1,0-1,5 l/ga), Topaz 10% em.k. (0,2-0,25l/ga), Fulpas 10% em.k. (0,2-0,25 l/ga),
Topsin-M 70% n.kuk. (1,0 kg/ga), Folikur BT 22,5% em.k. (0,15 l/ga) va Torso
22,5% em.k. (0,15 l/ga) tavsiya kilingan. Bu fungitsidlarni mavsumda 2-3 marta
(gullashdan oldin, birinchi ishlovdan 20-30 va 40- 60 kun o„tgach) tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: