129
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
129
129
Yuridik javobgarlik
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
boshqarmasining kunlik nazorat natijalariga ko‘ra, 2017- yil oktabr
oyidan 2018- yil oktabr oyigacha bo‘lgan davrda Toshkent shahrida qonun
talablari buzilgan 14 ming 733 holat aniqlangan. 2017- yilda mansabdor
shaxslar tomonidan sanoat chiqindilarini tashish masalasida 48 marta,
yo‘q qilishda 7 marta qonunbuzarlik holatiga yo‘l qo‘yilgan. Maishiy
chiqindilarni tashishda fuqarolar o‘rtasida 90 marta qonunbuzarlik holati
vujudga kelgan.
Shuningdek, 2017- yilning dekabr – 2018- yil may oylari oralig‘ida
chiqindilar bilan ishlashda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan 517 fuqaro
javobgarlikka tortilib, ularga 93,1 million so‘m jarima solingan.
Jamiyat, 2018- yil, №41
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksi 128- moddasiga ko‘ra, haydovchilarning tashqi yoritish
asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek,
yo‘lovchilarga loyqa sachratishi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi
miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (101 365 so‘m).
Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo qo‘llanilgandan
keyin bir yil davomida takror sodir etish – eng kam ish haqining bir
baravari miqdorida (202 730 so‘m), shunday huquqbuzarlikni ikki marta
ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir
etish – eng kam ish haqining uch baravari miqdorida (608 190 so‘m),
xuddi shunday huquqbuzarlikni uch marta va undan ortiq ma'muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish – eng kam ish
haqining to‘rt baravari (810 920 so‘m) miqdorida jarima solishga yoki
transport vositasini boshqarish huquqidan – olti oy muddatga mahrum
etishga sabab bo‘ladi.
“Adolat ko‘zgusi”, 2019- yil, №20
Dostları ilə paylaş: