125
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
125
125
Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquq normalariga amal qiladilar.
Bu qoidalarga amal qilmaslik, o‘rnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga
olib keladi. Bu esa
huquqbuzarlik
deb ataladi.
Huquqbuzarlik deganda jamiyatda o‘rnatilgan va qonunchilik orqali belgi-
langan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish tushuniladi.
Huquqbuzarlik har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikning
u yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog‘liqdir.
Huquq bu zar lik shakllariga jinoyat, nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabi
xatt-harakat larni keltirish mumkin.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Parchalarni o‘qing va ularga o‘z munosabatingizni bil diring.
2. Siz hayotda tez-tez eshitib turadigan huquqbuzarlik, huquqqa zid,
ijti moiy xavfl i, ayb, jinoyat, jazo, intizom atamalarining qaysi biri-
ni yuqoridagi holatlarning qaysi biriga ishlatgan bo‘lar edingiz?
3. Sizningcha, parchalardagi huquqbuzarliklarning qaysi biri
atrofdagilarga ko‘p roq xavf tug‘diradi?
4. Huquqiy normalar o‘zgargan paytda ilgari huquqiy jihatdan to‘g‘ -
ri hisoblangan harakat, endilikda noto‘g‘ri bo‘lib qolishi mum-
kin mi? Yuqo ridagi parchalarda bunday holatga misol bormi?
Agar yo‘q bo‘l sa, o‘zingiz bilimlaringiz va hayotiy tajribangizdan
foy da lanib, shun day vaziyatni tasvirlang.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar
boshqarmasi xabarida, 2019- yil 9- may kuni Toshkent shahrining
Yakkasaroy tumani IIBga tushgan hujjatga ko‘ra, unda shu yil 4- aprel
kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 28 yoshli B.D. Samarqand
viloyatida yashovchi 23 yoshli M.R.ni Yaponiyaga ishga jo‘natishni
aytib, uni aldab, ishonchiga kirib, 6 220 AQSH dollari va 4.500.000
so‘m pullarini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay, pullarni
o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar
natijasida B.D. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,
tergov harakatlari olib borilmoqda.
Adolat, 2019- yil, №20
Dostları ilə paylaş: