138
- soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi, to‘lanishi va davlat
budjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash;
- soliq solish obyektlari va subyektlarining to‘liq
va aniq hisobini
yuritish;
- soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini
oshirish, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Shu va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda Davlat soliq qo‘mitasi
Soliq kodeksiga og‘ishmay amal qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida
2019- yil 1- yanvardan boshlab yangilangan, xalqaro tajribani e’tiborga
olgan holda yaratilgan soliq tizimi amalga kiritildi.
Bunda soliqlar soni
kamaytirildi, soddalashtirildi. Soliq to‘lovchilar uchun soliq yuki birmuncha
yengillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi,
Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha
bosh-qarmalari,
bojxona komplekslari va bojxona postlaridan iborat
bo‘lgan bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi
organlardir. Ular O‘zbekiston
Respublikasining yagona
bojxona siyosatini amalga oshirishga mas'uldirlar. Bojxona organlarining
asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan
iboratdir.
Bojxona organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga, boshqa
qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qilgan holda yuritadilar.
Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan bojxona haqidagi qonun
hujjatlariga rioya
etilishini nazorat qilish, bojxona to‘lovlarini undirish,
bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga
chek qo‘yish kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar
bojxona sohasini ham
chetlab o‘tmadi. Natijada mamlakatimizda tubdan yangilangan, zamonaviy,
xalqaro andozalarga mos bojxona tizimi yaratilmoqda.
http:eduportal.uz