155
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
155
155
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi
va vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o‘z harakatlari bilan
fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun
fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo‘lib,
bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la
hajmda vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan,
shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid
bo‘lmagan shart no ma lar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi si-
fatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellek-
tual faoliyat natijasida;
Dostları ilə paylaş: