164
Oila qonunchiligida voyaga
yetmaganlarning huquq va majburiyatlari
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1.
Agar G‘anijonning o‘gay otasi sudga shikoyat qilsa, sud qanday
qa ror chiqarishi mumkin deb o‘ylaysiz?
2. Sizning fi kringizcha, G‘anijonning o‘gay otasi unga meros qolgan
avto mashinani sotish huquqiga egami?
3. Sizningcha, Halimaning QFYi raisidan xafa bo‘lishi o‘rinlimi?
4. Agar Halima sudga murojaat qilsa, uning shikoyati bo‘yicha sud
qan day qaror chiqarishi mumkin deb o‘ylaysiz? Halimaning ota-
ona si bor bo‘lsa, qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin? Yo‘q
bo‘l sa -chi?
5. Dilshodbekning qilgan ishini huquqbuzarlik deb atasa bo‘ladimi?
Nima uchun?
13 yoshli G‘anijonga buvasidan avtomashina meros bo‘lib o‘tdi. G‘anijon o‘gay
ota-onasi bilan birga yashaydi. G‘anijonning otasi mashinani sotib, shartnomani
ras miylashtirish maqsadida hujjatlarni tasdiqlash uchun davlat idorasi (notarius)
ga murojaat qildi. Ammo notarius shartnomani rasmiylashtirishdan bosh tortdi.
Kasb-hunar kollejining o‘quvchisi Dilshodbek 80000 so‘mlik DVD playerni
kre ditga oldi. Dilshodbek 16 yoshda bo‘lib, har oyda kollejning maxsus stipen-
diya sini olar edi. Uning otasi Olim akaga o‘g‘lining xaridi ma’qul kelmadi. U
o‘g‘ lining DVD playerga qiziqib, o‘qishga e’tibori kamayib ketishidan xavotirda
edi. Shu sababli, Olim aka, o‘g‘li bu shartnomani tuzganidan bexabar ekanligini
nazar da tutib, uni haqiqiy emas deb tan olinishini so‘rab sudga murojaat qildi.
Halimaning hech kimi yo‘q, u qarindoshlarining tarbiyasida bo‘lib, ota-onasi-
dan meros uyi bor. U 16 yoshida tuman hokimining ruhsati bilan turmushga chiqdi.
Eri ning uyiga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan o‘ziga meros bo‘lib qolgan shaxsiy
mul ki bo‘lmish uyini sotishga qaror qildi. Shu maqsadda oldi-sotdi ishlarini ras-
miy lashtirish maqsadida qishloq fuqarolar yig‘ini raisiga yordam so‘rab muro jaat
qilgan edi, yig‘in raisi Halimani to‘la muomala layoqatiga yetmagan deb, shart-
no mani rasmiylashtirishga ruxsat etmadi. Bundan xafa bo‘lgan Halima qishloq
fu qa rolar yig‘ini raisining qaroridan norozi holda sudga murojaat etmoqchi.
Dostları ilə paylaş: