O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARI, BURCHLARI
http:eduportal.uz


162
iste’ mol qilishga jalb qilsa 3 yildan 5 yilgacha, jinoyat sodir etishga jalb 
qil sa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadilar.
Muayyan shaxsni, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxsni, jinoiy javob-
gar likka tortish uchun sodir qilgan jinoyatini isbotlovchi hujjatlar yetarli, 
asos lantirilgan, yuridik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak.
Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning jinoyati 
haqidagi ishlar bo‘yicha quyidagilar ham aniqlanishi lozim: 
1) ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);
2) uning shaxsiga xos xususiyatlar va salomatligi holati;
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki 
yo‘qligi.
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy 
va 
kil 
ning yoki vasiylik va homiylik organining vakilining qatnashishi 
shart. Shu bilan birga voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqi dagi ish da 
hi mo yachi ham ishtirok etishi lozim. Voyaga yetmagan gumon qili nuv chi-
ni, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam 
olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti 
soat dan oshmasligi kerak.
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar ko‘riladigan 
vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs-
lar ni, voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, 
tash ki lotni, voyaga yetmaganlarning ishi bilan shug‘ullanuvchi komis si-
ya’ni, zarur bo‘lsa, boshqa tashkilot larni ham xabardor qiladi. Sud bu tash-
ki lotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud maj li si-
ga chaqirishga haqlidir.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyot 
choralari Jinoyat protsessual Kodeksining 236-moddasida nazarda tutil-
gan asoslar bo‘lgan taqdirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish voya ga 
yetmagan shaxsga nisbatan faqat unga besh yildan ortiq muddatga ozod-
lik dan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan jinoyat sodir 
etganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-at-
vor da bo‘lishini boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmay digan taqdirda 
qo‘l la nilishi mumkin. 
http:eduportal.uz



Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin